RADIOBIOLOGIYA — Kosmosdan kelayotgan juda kuchsiz signallar maxsus katta antennali radioteleskoplar bilan kuchaytiriladi.
Kosmik fazoda tarqalayotgan radiotoʻlqinlarni = 10MGs (X=30m) dan =30 GGs (X=1sm) chastotagacha diapazonda qabul qilgichlar yordamida qayd qilish mumkin. Toʻlqin uzunligi X>30m boʻlgan radiotoʻlqinlar Yerning ionosfera qatlamidan yutilishi va sochilishi hisobiga oʻta olmaydi.
Bu diapazondagi radionurlanishlar, Yer atmosferasidan tashqariga olib chiqilgan (asosan Yer sunʼiy yoʻldoshlarita oʻrnatilgan) radioteleskoplar yordamida qayd etiladi, uz. 1 sm dan qisqa boʻlgan radiotoʻlqinlarni esa atmosfera gazlari yutadi.
Tekshirish obyektiga koʻra, Radiobiologiya fan shartli ravishda Quyosh R. si, sayyora Radiobiologiyasi, Galaktika R. si va metagalaktika (Galaktikadan tashkari) Radiobiologiya siga boʻlinadi. Quyosh Radiobiologiyasi Quyosh atmosferasi (xromosfera, Quyosh toji, quyosh shamoli) ni oʻrganib, uning faolligi tabiatini aniqlaydi. Quyoshning radionurlanishlari turli ( millimetrli, santimetrli, metrli) diapazonlarda turlicha boʻladi.
Sayyora Radiobiologiyasi sayyoralar va ular yoʻldoshlari sirtlaridagi issiqlik va elektr hodisalari, ularning atmosferalari, radiatsiya mintaqalarini oʻrganadi. Mac, Venera sirtining trasi, atmosfera zichligi Radiobiologiya kuzatishlarida oʻlchangan. Sayyoralargacha boʻlgan masofalar, ularning sirtlari va aylanish davrlari radiolokatsiya usuli bilan juda aniq oʻlchangan.
Galaktika Radiobiologiyasi Galaktikamiz strukturasini, uning yadrosi faolligini, yulduzlararo gazning fizik holati va turli radionurlanish manbalariningtabiatini oʻrganadi. Bunday radionurlanish manbalari oʻta yangi yulduzlarning qoldiklari, ionlashgan gaz bulutlari, shuningdek, pulsarlar boʻlishi mumkin. Galaktik R. Galaktika magnit maydoni strukturasini oʻrganib, kosmik nurlarning kelib chiqishi muammosini hal qilishga yordam beradi.
Metagalaktika Radiobiologiyasi Galaktikamizdan tashqaridagi barcha obyektlarni oʻrganadi. Bu obyektlarning koʻpchiligi normal galaktikalar deb ataladi va ular oʻz magnit maydonidagi tez elektronlarning harakatidan kelib chiquvchi nisbatan zaif radionurlanishlar bilan xarakterlanadi. Radiogalaktikalarning radionurlanishlari yuz va minglab marta kuchliroq boʻladi. Biroq eng qudratli radionurlanish manbalari kvazarlar boʻlib, ularning radionurlanishlari vaqt davomida oʻzgaruvchandir. Galaktikamizdan tashqaridagi diskret radionurlanish manbalaridan tashqari metagalaktikaning nurlanishlar foni ham kuzatiladi. Bu nurlanish — bevosita kuzatilmaydigan alohida zaif koʻp sonli manbalarning nurlanishlari hamda taraqqiyotning boshlangʻich davrida metagalaktikani toʻldirgan oʻta zich moddaga xos nurlanishlar yigʻindisidan iboratdir. Bu moddaga xos nurlanishlar relektiv nurlanishlar deyiladi.
Radioastronomik markazlar va rasadxonalar quvvatli hamda yirik radioteleskoplar bilan jihozlangan. Radioteleskoplarning asosini maxsus konstruksiyali antennalar yoki antennalar kompleksi tashkil etadi, ular yuqori sezgirlikdagi qayd qiluvchi qurilmalar — radiometrlar bilan jihozlangan.