RADIOAKTIV KAROTAJ — burgʻi quduqlarining geofizik tadqiq qilish metodlari majmui. Radioaktiv (ionlashtiruvchi) nurlanishni qayd qilishga asoslangan. Radioaktiv karotaj metodining 2 ta asosiy guruhi mavjud: ukarotaj va neytronli karotaj. Oʻz navbatida, ukarotaj metodlari togʻ jinslarining tabiiy radioaktivligi (radioaktivli rudalarni izlash va razvedka qilish) bilan bogʻliq boʻlgan unurlarning intensivligini (energetik spektrini ham) oʻlchashga va u nurlari manbai bilan nurlangan jinsda vujudga keladigan ikkilamchi u nurlanishning intensivligini oʻlchashga boʻlinadi, u burgʻi qudugʻiga ikkilamchi ukvantlari detektori bilan birga tushiriladi. u — ukarotaj jins zichligini aniqlashda (xususan, kumir konlarida) va ogʻir metallarning bir komponentli rudalarini sinashda qoʻllaniladi. Rentgenoradiometrik karotaj murakkab mineral tarkibli ogʻir metallar rudasini sinash uchun ishlatiladi. Gammaneytronli karotaj esa tarkibida berilliy elementi mavjudligini aniqlashda foydalaniladi.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые