RADIO (lot. radio — nurlanaman, nur tarqataman) — 1) axborotlarni radiotoʻlqinlar (elektrmagnit toʻlqinlar) yordamida uzoq masofadan simsiz uzatish va qabul qilish usuli. 1895-y. da A. S. Popov ixtiro qilgan;
2) simsiz uzatish usuliga asoslanib fizik hodisalarni oʻrganish, bu usuldan radioaloqa, radiroeshittirish, televideniye, radiotelemexanika, radiolokatsiya, i. ch. jarayonlarini avtomatlashtirish, masofadan turib boshqarish (teleboshqarish)da, tibbiyotda va b. maqsadlar uchun foydalanish bilan bogʻliq fan va texnika sohasi (q. Radiotexnika).