RABOT

RABOTMarokash poytaxti. Sale sh. bilan R.-Sale prefekturasini tashkil etadi. Atlantika okeani sohilida, unga Bu-Regreg daryosining quyilish yerida joylashgan. Aholisi 1,38 mln. kishidan ziyod (1990-y. lar oʻrtalari). Iqlimi subtropik, oʻrtacha t-ra yanv. da 12°, iyulda 22°. Yillik yogʻin 530 mm. Transport yoʻllarining muxim tuguni, t. y. va avtomobil yoʻllari orqali mamlakatning boshqa yirik shaharlari, shuningdek, Jazoir va Tunis bilan bogʻlangan. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Rabot — mamlakatning yirik iqtisodiy markazi. Sanoatining asosiy tarmoqlari: toʻqimachilik va tikuvchilik, oziq-ovqat, metallsozlik, koʻn-poyabzal, yogʻochsozlik, kimyo, poligrafiya. Mebel, mineral oʻgʻitlar ishlab chiqariladi. Rabot — mamlakatning ilmiy va madaniy markazi: un-t (1957), konservatoriya, i. t. muassasalari, milliy teatr, Udayya muzeyi, xalq sanʼati va b. muzeylar, kutubxonalar bor. Shaharda banklar, hukumat idoralari joylashgan.

Shaharga 1150-y. da muvahhidlar tomonidan asos solingan. 17-a. da Rabotga Andalusiyadan musulmon hunarmand va savdogarlarining koʻchib kelishi munosabati bilan shahar tez rivojlandi. 1627 — 66 y. larda mustaqil Rif respublikasi poytaxti. 19-a. da Rabot siyosiy va iqtisodiy markazga aylandi. 20-a. boshlarida fransuz bosqinchilariga qarshi milliy ozodlik kurashi markazi. 1912—56-y. larda Fransiya protektoratining maʼmuriy markazi. 1956-y. dan mustaqil Marokash davlatining poytaxti.

Rabotning tarixiy markazi Bu-Regreg daryosi boʻyidagi qoya ustida joylashgan. Shaharning eski qismi 12-a. oxirida baland devor bilan oʻralgan. Meʼmoriy yodgorliklaridan Katta masjid (14a.), Hasan masjidi (12-a.), maqbaralar, Qirol saroyi (1775) va b. saqlangan. Shaharning jan. da yangi zamonaviy binolar qurilgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x