QUYOSH HALQASI

QUYOSH HALQASI — Quyoshning mos balandliklarini kuzatish usuli boʻyicha vaqt tuzatmasi aniqlanadigan as-bob; ichi shkalali metall halqa. Nayza uchiga oʻrnatilgan (rasmga q.). Nayzadan taxm. 45° masofada teshikcha ochilgan. Tushdan 2 soat oldin Quyosh teshik orqali hosil qiladigan yorugʻ nuqtaning shkala boʻlaklaridan oʻtish momenti tekshiriladigan soatda belgilab qoʻyiladi. Kuzatish tushdan keyin takrorlanadi. Bu momentlar yigʻindisining yarmi (yarim minut aniqligida) haqiqiy tush vaqti soatini koʻrsatadi. Vaqt tenglamasiga qoʻshib, oʻrtacha quyosh tush soati hosil qilinadi; — mintaqalarning geografik uzunligi va soat mintaqasi raqami aniqlanib, mahalliy mintaqa vaqti, soʻngra soat tuzatmasi hisoblanadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x