QUYI DUNAY TEKISLIGI, Ruminiya pasttekisligi — Ruminiya va Bolgariyaning shim. qismidagi tekislik. Shim. da Karpat togʻlari bilan janubda Bolgariya platosi oraligʻida. Uz. 560 km, eni 40—120 km. Yuzasi pleystotsen allyuviy va lyosslari bilan qoplangan mezozoy va kaynozoy yotqi-ziklari bilan toʻlgan tektonik bukilmada joylashgan. Yer yuzasi oʻr-qirli, daryo vodiylari, yassi jar va jarliklar bilan kesilgan. Dunay daryosi deltasi va vodiysida katta hududlar botqoqliklardan iborat. Koʻl koʻp. Ikdimi moʻta-dil, kontinental. Yanv. ning oʻrtacha t-rasi —1°, —3°, iyulniki 22—23°. Yillik yogʻin 400—600 mm. Dunay dar-yosi vodiysida oʻrmonlar saqlangan. Quyi Dunay Tekisligining katta qismidan q. x. da foydalaniladi. Ruminiya poytaxti Buxa-rest sh. joylashgan.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые