QUTCHI — turkiy qabila. Q. larning ilk ajdodlari Jan. Sibirda, 10—13-alarda esa Qashqar va Yettisuvda yashagan. 13—14-a. larda Qlarning katta bir qismi Movarounnahr hududiga kelib mahalliy aholi bilan aralashib ketgan. Bir qismi qirgʻizlar tarkibida ham mavjud boʻlgan. Qutchi larning ozroq qismi oʻz nomlarini 20-a. ning boshlarigacha saqlab kelgan. Bular, asosan, Zarafshon tizma togʻ etaklarida — Ur-gut atroflarida, Qashqadaryoning yuqori oqimlarida Shahrisabz vohasida joylashgan. q. bir necha urugʻlarga boʻlingan. Eng yiriklari: shixsayot, moli, movar, qashqari. Qutchilar, asosan, dehqonchilik bilan shugʻullanishgan.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые