Qushlar munozarasi

Doʻstlar, tabʼim imtihon qilayin,
Qushlarning bahsini bayon qilayin.
Qish chiqib, hut etti chun tahvil,
Boʻldi Laklak tamom qushgʻa dalil.
Qatʼ etib yoʻlni shahri Qesh keldi,
Sevunub xalq dedi: “Xush keldi!”
Qilibon gʻusl ila tahoratni,
Tavf qildi yurub mazoratni.
Didbon boʻlubon minora chiqib,
Oʻz boshi uzra shodiyona qoqib.
Dedi: “Inak yetishti fasli bahor,
Muʼtadildur havoyi laylu nahor”.
Tikdi chodar shukufa boʻstonda,
Bitdi yuz navʼ gul gulistonda.
Boʻldi tongning yeli Masih nafas,
Uyqudin ochdi koʻzlarin narkas.
Chunki Laklak bu navʼ qildi nido,
Tushti yuz guftugoʻy qushlar aro.
Ul kun erdim faqir gulshanda,
Koʻzlarim erdi sarvu savsanda.
Bir yigʻoch tubida turub erdim,
Goʻshaye olib, oʻlturub erdim.
Bahs etar erdilar Akkayu Zogʻ,
Zogʻ dediki: – Sen kimu bu bogʻ?!
Man chekarman malomatin bogʻning,
Bogʻ ichinda tamomi meva saning.
Dogʻuli behayoyi loʻlisan,
Tutu zardoluning chugʻulisan.
Akka dediki: – Ey qaro yuzluk,
Shoʻr tumshuqliqu achiq soʻzluk.
Sandayin zogʻdin farogʻatman,
Bogʻ boshiga ahli xidmatman.
Bir makondin bu bogʻ mulkiga

Kirgali yoʻl yoʻq shagʻol, tulkiga.
Ul sababdin mani chugʻul dersen,
Behuda muhmalekim oytursen.
Sen kimu bu bogʻ ichinda sayr etmak?!
Bor buzuqliqni saqla chun choʻgʻzak.
Qumri keldi bular qoshigʻa ravon,
Qoldi bu ikkisiga ul hayron,
Dedi: – Nevchun urushasiz, qullar?
Qushlar ichra bahosi bir pullar!
Sonmangiz oʻzungizni odam siz,
Barcha qushlar arosida kamsiz.
Bogʻu masjidlaring muqrisiman,
Hazrati zuljalol qumrisiman.
Tengri soldi azalda oʻz shavqin,
Hamchu boʻynimgʻa bandalik tavqin.
Soʻfidek boʻynuma rido soldim,
Bogʻu masjid ichinda joy oldim,
Bogʻu boʻston ichinda bir xushxon,
Boʻlmagʻay man kabi fasih zabon.
Foxtak eshitib bu loflarni,
Muncha behuda u gazoflarni,
Dedikim: – Ey gʻalatnamo Qumri,
Yuzunga kelmadi hayo, Qumri.
Oʻzungni toni, haddin oshmogʻil,
Hadingni bil, dagʻi taloshmogʻil.
Sandin ortuqdurur paru bolim,
Sarvu shamshod – bori poymolim.
Aylasam chun duo mani miskin,
Qoʻl chiqorib chinor der omin.
Bu duo birla bogʻ barpodur,
Rashki firdavsu huldi aʼlodur.
Shoxi sarv uzra gar desam ku-ku,
Oyturam “Lo iloha illohu”.
Tengri qildi mani azalda aziz,
Hech qayungiz manga yetushmassiz.
Bulbul ul damda qon yutub gulsiz,
Zor yigʻlab, boʻlub tahammulsiz.
Dedi: – Koʻp lof urma behuda,
Ayta koʻrma dimogʻing oluda.
Man borinda sanga ne son boʻlgʻay,
Ushbu ish barchagʻa ayon boʻlgʻay.
Subhidamlarki, boshlasam nola,
Soluram shavq ahlini bir hola.

Kecha-kunduz haqqa sano derman,
Oʻzimi bandai xudo derman.
Boshlagʻach bu nido mani gʻamnok,
Eshitib gul qilur yaqosin chok.
Bulbul erdi bu soʻzdakim nogoh,
Boʻldi Toʻti bu qissadin ogoh.
Xilʼatin sabz etib zumurraddin,
Tavq edi boʻynida zabarjaddin.
Xizr yangligʻ yetishdi manzilga.
Dedi: – Koʻp soʻzlama, anodilga.
Boʻlma magʻrur gulga, ey Bulbul,
Boʻston ichra necha kundur gul?!
Lolavu gulda boʻlmagʻay bunyod,
Berur oni xazon yeli barbod.
Muttasil Hinddur manga manzil,
Xizrdek kiyganim erur yoshil.
Ichganimdur mudom obi hayot,
Yeganimdur mudom qandu nabot.
El ichida gʻizom shahdu shakar,
Qaysi bir qushda bor muncha hunar?!
Erdn bu soʻzda Toʻtnyu Bulbul,
Ki yetishdi aroga Qirgovul,
Dedi: – Ey Toʻtp, xudilmo boʻlma,
Akkadek shoʻxu behayo boʻlma.
Odam ersang, oʻzuiga ber insof,
Yeganim qanddur deb urmyagʻil lof.
Muncha deding bu qand ila asale,
Nafsidin demadi nabiyu vali.
Yuzuming qizilin koʻrub ibrat,
Balki yozdi muni yadi qudrat.
Qani bir qushki, boʻlgʻay ul mancha,
Ursoq oning bila necha panja.
Tushgach oʻrtogʻa zoʻru panja soʻzi,
Qah-qah urub yetishti Kaklik oʻzi.
Koʻzlari qip-qizil erdi qondek,
Togʻ ichidin yetishdi qaflondek,
Dedi Qirgʻovulakim: – Ey nodon,
Barchagʻa mokiyon urushi ayon.
Koʻch bila oʻz-oʻzipgni oʻlturma,
Goʻshaye olu emdi lof urma.
Koʻhu homunda aylaram qah-qah,
Laʼl koniga onda topdim rah.
Yeganimdur hamisha donai laʼl,

Tumshuqimda,erur nishonai laʼl.
Kaklik ul lahza lofi duru daroz –
Boshlab erdi, yetishti nogah boz.
Qoʻrqub ul yerda kakliki avbosh,
Rozi boʻldi yorilsa ul dam tosh.
Kirsa ul toshning arosigʻa,
Qolmasa Qarchigʻay balosigʻa.
Qarchigʻay achchigʻi bila turdi,
Barcha qushdin yuqori oʻlturdi,
Dedi: – Ey qushlar, oʻlturung absamt,
Urmagʻayman baringizi barham.
Goh togʻ ustida qilib javlon,
Gah koʻtarib qoʻligʻa hazrati xon.
Solgʻochin ul yagonai ofoq,
Oluram Oʻrdak ila qashqaldoq.
Qarchigʻay soʻzni muxtasar qildi,
Anda qushlar bari hazar qildi.
Qildi Tovus anda jilva magar,
Koʻrsatib noz ila hazor hunar.
Chatr qildi boshigʻa quyruqini,
Koʻrungiz emdi tengri buyruqini!
Chatrining ostida turub chun hur,
Boʻldi oʻz husniga base magʻrur,
Dedi: – Man-man baringizga sulton,
Manzilimdur diyori Hinduston.
Koʻrmak uchun parimni savdogar
Shahrdin shahrlarga elturlar.
Erdi oʻrnum bihishti jovidon,
Ozgʻurib soldi dunyogʻa shayton.
Dahrda qoldim ushbu holatgʻa,
Uchradim yuz tuman malomatgʻa.
Qilmay erdi bu soʻzni Tovus ado
Ki, yetishti bu holat ichra Humo.
Anda qushlar barisi qoʻpdilar,
Kelibon ayoqini oʻpdilar.
Qoʻpmadi oʻrnidan magar Tovus,
Anda qildi humo base nomus.
Dedi: – Ey beadab, ne xoʻdur bu?
Yaxshidur yaxshilargʻa xoʻyi naku.
Surating xoʻbu siyrating nochoq,
Oʻzungga boqma – bu ayoqinga boq.

Anda iblisa rahnamun boʻldung,
Ul sababdurki sarnigun boʻldung.
Bor sanda hanuz istigʻno,
Tengri amrin keturmading barjo.
Har kishiping boshigʻa man soya –
Solgʻachin ul topar ulu poya.
Oti xalq ichra podshoh boʻlur,
Podshohi jahonpanoh boʻlur.
Yururam nafsdin amon birla,
Sabr etib quruq ustuxon birla.
Oʻzima luqmani halol etdim,
Nafsi zolimgʻa goʻshmol etdim.
Dahr aro budur koru borim,
Hech joivargʻa yetmas ozorim.
Boʻldi Tovuski snda sharmanda,
Dedi: – Sensen amiru man banda.
Oʻrnidin koʻptiyu dedi: – Taqsir! –
Boʻldi anda humoy uzrpaznr.
Yod qildi xato tabohidin,
Osha kechdi aning gunohidin.
Erdi guftu shunid qushlar aro,
Tortdi bir oh Bulbuli xono:
 – Qaydasen, Hudxudi fasih zabon,
Toki qilsang bu mushkili oson!
Achchigʻidin Humoyi farrux fol
Dedi: – Ollimda Hudhuda ne majol?
Haddi yoʻqturki munda dam urgʻay,
Poyadin yuqori qadam urgʻay.
Dema Hudhudki, haddin oʻzi bilur,
Kelgachin ayoqimgʻa sajda qilur.
Tutdim oniki beku mehtardur,
Shoh ila posbon barobardur.
Munfail boʻldi bulbuli miskin,
Qildi Humoy soʻzi opi gʻamgin.
Yana dediki: – Qaydasan, rahbar,
Toki qilsang bu mojarogʻa. nazar!
Barchagʻa saru peshvosan san,
Murshidi qutbu muqtadosan san.
Koʻngli tasbeh ila topib taskin,
Erdi Hudhud uyida chillanishin;
Ki quloqigʻa yetdi Bulbul uni,
Dedi: – Boʻldi magar bahor kuni!
Chunki Hudhudga yetti bu paygʻom,

Qolmadi anda sabr ila orom.
“Hu” dedi, chiqdi chilladin filhol,
Gasht etib bogʻ sori urdi bol.
Koʻrdi bir majmaiki, jamʼi tuyur,
Etibon bir-biriga yuz sharu shoʻr.
Keldi Hudhud taqi bu holatda,
Andalib erdi yuz malomatda.
Oldi Hudhud bila bu kallai dast,
Sevunub dsdi onda Bulbuli mast:
 – Yaxshi kelding, farishtaxoʻ, Hudhud,
Barcha qushlargʻa obroʻ Hudhud.
Haq yoʻlida yurub talab birla,
Keldiyu turdi yuz adab birla,
Dedi: – Ne bahsdur, muni bilsam,
Rohi tadbirini oning qilsam.
Ochchngʻdin Humo dedi: – Tak tur,
Haddinga yarasha bugun lof ur.
Sonmakim boʻlubon sapga tobeʼ,
Aylagaybiz bu umrpi zseʼ.
Tortdi Hudhud bir oh ul damda,
Boʻlmagʻay andoq oh olamda,
Dediknm: – Ey Humo, dsma zinhor,
Moumanlikni sevmagay jabbor.
Erdi shayton muqarrabi dargoh,
Boʻldi manmanlikda ul gumroh.
Ul Sulaymonki dunyoni tutdi,
Rifʼati yetti charxdin oʻtdi.
Erdi tengrigʻa ul nabsho rasul,
Qilur erdi soʻzim hamisha qabul.
Eshiting, sizga bor bir tamsil,
Kelturay sizga bir naziru dalil:
Bir kuni tushti koʻkdin boron,
Koʻrsakim yer, muhit bepoyon.
Munda tushtiyu munfail boʻldi,
Tushkaniga base xijil boʻldi.
Dedi: – Man munda kimki jo qilsam,
Bahr ila bahs, mojaro qilsam.
Koʻrgach oʻzini kam oʻshul yomgʻur,
Sadaf ichiga tushtiyu b.oʻldi dur.
Hudhud ul dam soʻz“n ado qildi.
Barcha qushlar apga duo qildi.
Ul zamonda humou gʻayri humo
Qoʻptiyu qildi barcha saʼyat ango.

Kirdigoro, rahimu rahmonsan,
Bilguchi borcha rozi pinhon san.
Gar Nishotiy erur parishone,
Boshidin ayoqigʻa isyone.
Lutf etib sen kechur gunohin aning,
Boqmagʻil nomai siyohin aning.
Oʻtdi umri tamom gʻaflat ila,
Yurudi subhu shom gʻaflat ila.
Jonu dil birla qilmadim toat,
Boʻlmadim begunoh bir soat.
Sidq ila qilmadim ibodatni,
Roʻzi qilgʻin manga saodatni.

 

NISHOTIY

https://saviya.uz/ijod/nazm/qushlar-munozarasi/

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x