QUSAM ibn ABBOS

QUSAM ibn ABBOS (taxm. 624677) — sahoba. Muhammad (sav)ning amakivachchasi. Xalifa Ali ibn Abu Tolib davrida Makka voliysi boʻlgan. Muoviya davrida Xuroson voliysi Said ibn Usmon bilan birga Oʻrta Osiyoni fath etishda qatnashgan. Manbalarda aytilishicha, Said dinni kuchaytirmoq va shariat hukmlarini yurgizmoq maqsadida Qusam ibn abbos ibn A. ni bir necha islom qoʻshini bilan Samarqandda qoldirgan. 677-y. sugʻdiylar Samarqandga hujum qilganda Qusam ibn abbos ibn A. shahid boʻlgan. Banu nojiya qabristonida gʻor yonida (boshqa manbalarda — gʻoziylar yonida) dafn etilgan. Sulton Sanjar Moziy (1118—1157) zamonasida oʻsha qabristonda «Qusamiya» madrasasi solingan. U Obi mashhad arigʻi yaqinida boʻlgan. Amir Temur davrida ushbu mozor ustiga imorat qilinib, turli bezaklar bilan bezatilgan. Xalq orasida Shohizinda («Tirik shoh») nomi bilan mashhur boʻlgan bu yodgorlik oʻrta asr meʼmorligining noyob obidalaridan sanaladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x