DO`STLARGA ULASHING:
Biznes g’oya: Quritilgan mevadan ajoyib yangi kichik biznes ochish
Ushbu soha sevimli mevangizni xohlagan vaqtingizda topish imkonini beradi va eng muhimi sog’liq uchun foydali hisoblanadigan mahsulot ishlab chiqarasiz. Ichki bozor va eksportda ham savdosi juda yaxshi.
Dastlabki xarajatlar:
• korxonani roʻyxatdan oʻtkazish – $150;
• uskunalar (mini) – $140-200;
• kutilmagan xarajatlar – $50;
• reklama – $100;
Oylik xarajatlar:
• xodimlar uchun ish haqi – $200;
• konual to’lovlar – $20
1 kg mevadan 170 gr quritiligan meva olish mumkin. Kuniga 10 kg tayyor quritilgan meva olish uchun siz o’rtacha $0,4 dan 60 kg tabiiy meva sarflaysiz bu $24 degani. Meva turiga qarab 1 kg tayyor mahsulot o’rtacha $5/kg va kuniga $50 bo’ladi. Shundan sof foyda:
• kuniga $26
• oyiga $624
Oylik xarajatlarni chiqarib tashlasak oyiga $404 sof daromad olsak bo’larkan. Shuningdek, mevalarni mavsumda bir marta yil uchun saqlab qo’ysangiz sarf kamayib daromad oshadi.