QURBONKOʻL (Koʻkkoʻl) — Qirgʻiziston Respublikasi Botken viloyati shim. va Oʻzbekiston Respublikasi chegarasidagi oqar koʻl. Fargʻona vodiysida, Koʻksuv daryosida joylashgan. Shim. dan jan. ga choʻzilgan. Togʻ qulashidan hosil boʻlgan. Oʻrtacha bal. 1738 m. Suv yigʻish mayd. 129,5 km2, koʻlning mayd. 1,4 km2, uz. 866 m, oʻrtacha eni 162 m, eng katta kengligi 255 m. Oʻrtacha chuq. 8,6 m, eng chuqur joyi 13,4 m. Suvi yaxshi ichimlik sifatiga ega. Qishda qirgʻoqqa yaqin joylari muzlaydi.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые