QURBAQALAR

QURBAQALAR — dumsiz suvda va quruqlikda yashovchiyaar oilasi. Uz. 2—25 sm. Koʻpchilik Qurbaqalarning tishlari qisman yoki butunlay reduksiyaga uchragan. Tanasi keng, oyoklari baqalarga nisbatan (q. Yeaqalar) kalta. 21 urugʻi 300 dan ortiq turi bor. Antarktidadan tashqari barcha qitʼalarda tarqalgan. Ular orasida tropik Afrikada tarqalgan tirik tugʻuvchi q. eng sodda tuzilgan. Koʻpchilik (200 ga yaqin) turlari asl Qurbaqalar uru-gʻiga kiradi. Asl Qurbaqalarning koʻz qorachigʻi vertikal joylashgan; orqa oyogʻi barmoqlarida suzgich pardalar qoldigʻi bor; koʻzidan keyinroqda yirik qulo-qoldi, tanasining orqa tomoni boʻylab mayda zahar bezlari joylashgan. Yevrosiyoning oʻrmon va dasht mintaqasida uz. 20 sm keladigan oddiy, yaʼni kulrang Qurbaqalar, choʻl, dasht, oʻrmon va togʻlarida (4800 m gacha balandlikda) koʻk Qurbaqalar keng tarqalgan. Oʻzbekiston faunasida faqat koʻk Qurbaqalar (uz. 14 sm gacha) uchraydi.

Aksariyat Qurbaqalar — quruqlik hayvonlari, baqalarga nisbatan kuchsiz sakraydi va yomon suzadi; sekin qadamlab harakat qiladi. Oqshomlari faol hayot kechiradi. Turli xil hasharotlar va b. umurtqasizlar bilan oziqlanadi. Quruqlikda qishlaydi. Koʻpchiligi suvga, ayrim turlari quruqlikka 1200 dan 7000 gacha tuxum qoʻyadi. Qurbaqalar bogʻ va poliz ekinlariga ziyon keltiradigan hasharotlarni qirib foyda keltiradi. Jan. Amerikaning mahalliy aholisi aga Q. si zaharini oʻq yoylarga surishgan. Qurbaqalarning 6 turi Tabiatni muhofaza qilish xal-qaro ittifoqi Qizil kitobiga kiritilgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x