QURAYSH

QURAYSH, qurayshiylar — arab qabilasi. Makka sh. aholisining asosiy qismini tashkil etgan. 10 ta urugʻdan iborat boʻlgan; ulardan eng mashhurlari umayya ( bani umayya) va hoshim hisoblangan. Umayya urugʻidan chiqqan quldorlar va savdogarlar johiliyat davrida Makkada hukmronlik qilishgan boʻlsa, Muhammad (sav) hoshimiylarga mansub boʻlgan Quraysh qabilasidan umaviylar, abbosiylar va makkalik shariflar sulolasi chiqqan. Soʻnggi davrda Hoshimiylar sulolasi hukm-dorlari (Iroqda 1958-y. gacha va Iordaniyada) oʻzlarining shajaralarini Qurayshga bogʻlashadi. Qurʼonning 106-surasi Quraysh nomi bilan ataladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x