QUNDUZLAR — suvsarsimonlar oilasiga mansub sut emizuvchilar urugʻi. Yevropa, Osiyo, Shim. – Gʻarbiy Afrikada choʻllardan boshqa joylari-datarqalgan. Gavdasining uz. 55—95 sm, nisbatan ingichka va egiluvchan, vazni 10 kg gacha. Dumi 45 sm gacha. Oyoklari kalta, barmoqlari orasida suzgich parda boʻladi. Oʻzbekmstonda 1 turi — qunduz tarqalgan. Qunduzlar chuchuk suv havzalari yaqinidagi inlarida yashaydi. Shoʻngʻiganida quloq va burun teshiklari maxsus klapanlar bilan bekiladi.
Qishda suvning muzlamagan joylarida yashaydi. Bahor-yoz mavsumida asta-sekin tullaydi. Yumshoq toʻshamali uyasini suv havzasining baland qirgʻoqlariga yasaydi. Boʻgʻozlik davri 8 — 10 oy. Ikki yilda bir marta — ap-rel — mayda, koʻpincha 3 ta bola tugʻadi. Asosan, baliq, baqa, baʼzan oʻrdak va b. bilan oziqlanadi. Moʻynasi (ayniqsa, qishki) qimmatbaho hisoblanadi. Soni keskin kamayganligi uchun ovlash taqiqlangan.