QUMLOQ — yumshoq (havol) choʻkindi togʻ jinsi; tarkibi 10—20% fizik loy (0,01 mm dan kichik zarrachalar) va 80 — 90% fizik qum (0,01 mm dan yirik zarrachalar)dan iborat. Fizik loy miq-dori kam boʻlgani uchun Qumloq larning singdirish, gigroskopiklik xususiyatlari va nam sigʻimi unchalik yuqori emas. Lekin suv Q. larga juda yuqori tezlikda shimiladi va tez sizib oʻtadi (filtratsiyalanadi). Qumloqi tuproqdarga ishlov berish va ulardagi zararli tuzlarni yuvish oson, sugʻorilgandan soʻng tez yetiladi, ortiqcha zichlashmaydi, qotmaydi va b. Q. lar qoʻpincha choʻl tuprokdari orasida qumli va taqirli tuproqlar bilan bir kompleksda, shuningdek, daryo oqiziqlarida rivojlangan oʻtloqi tuproqlardan iborat dalalarning bosh qismida koʻp uchraydi (q. Kumli choʻl tuproqlari).
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые