Qulupnay foydalari

Qulupnay foydalari

Qulupnay o‘zida ichaklar faoliyati uchun foydali bo‘lgan ko‘plab kletchatka saqlaydi. Qulupnayni barra vaqtida iste’mol qilish kerak, sababi issiqlik bilan ishlov berilganda yoki sovutgichda saqlanganda tarkibidagi mineral va vitaminlar sifati va miqdori o‘zgaradi. Past glikemik indeksga ega bo‘lganligi uchun xattoki diabetiklar ham iste’mol qilishi mumkin.

Qulupnay o‘zida ko‘p miqdorda vitamin «S» saqlaydi, bu esa immunitetni ko‘taradi, teri, tirnoq va sochlar salomatligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Bundan tashqari o‘zida ko‘plab kuchli antioksidantlar saqlaganligi sababli organizmdagi erkin radikallarni neytrallaydi. Tarkibidagi ellagova kislotasi, flavanoidlar va antotsianlar (qizil rangni aynan antotsian moddasi beradi) mikrob va viruslarga qarshi xalokatli ta’sir ko‘rsatadi va yallig‘lanishni bartaraf qiladi.

Kaloriyaligi (100 g) — 41 kkal
Oqsil — 0,8 g
Yog‘ — 0,4 g
Uglevod — 7,6 g

@taomlanish_ilmi

1 1 голос
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x