QULUN

QULUN — otning bir yoshgacha boʻlgan bolasi. Yangi tugʻilgan Qulunning ogʻirligi onasining vazniga nisbatan 8 — 11% ni tashkil qiladi. Qulunlar onasini 6—7 oygacha (bir kunda 50-martaga-cha) emadi, 2 oyligidan onasi bilan birga yaylovga qoʻyiladi. 3 oyligidan boshlab donli ozuqa berila boshlaydi. Sutdan ajratiladigan paytga kelib bir sutkada 3 kg gacha donli ozuqa isteʼmol qiladi. Qulun larning sut tishlari 6—9 oyligada chiqadi. Ularga sabzi, mineral ozuqa sifatida boʻr, tuyilgan ohak berish foydali. Ozuqa ratsioniga bir kunda 15—25 g tuz qoʻshish muhim hisoblanadi. 1 yoshdan oshgan q. toy deb ataladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x