QUBODQALʼA, Kavatqalʼa — oʻrta asrlarga oid qalʼa xarobasi. Beruniy sh. ning shim.-sharqida joylashgan. Qubodqalʼa toʻgʻri toʻrtburchak shaklidagi yirik, mustahkam 4 ta qoʻrgʻondan iborat. Qubodqalʼa Xorazm arxeologiya etnografiya ekspeditsiyasi tomonidan tekshirilgan. Qazishlar natijasida serhasham bezatilgan xonalar ochilgan. Xonalarning hajmi katta boʻlgani uchun ustunlar ishlatilgan, eshiklari oʻyma naqshlar bilan bezatilgan. Qubodqalʼadan Xorazm madaniyatining yuksak taraqqiyoti haqida guvohlik beruvchi koʻplab arxeologik materiallar (turli rangdagi nafis sirli sopol idishlar, qandilsifat sopol buyumlar, tanga, metall ashyolar va b.) topilgan. Qubodqalʼa moʻgʻullar istilosi natijasida 13-a. boshlarida xarobaga aylangan.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые