“Qoʻyma koʻngul ichra havoyu havas”

XOJA

 

NASIHATNOMA

 

Mustameʼ oʻl, har nafas pand ol,
Pandu nasihatni quloqunggʻa sol.
Din tilasang dahrda davlat bila,
Koʻnglungni shod ayla nasihat bila.
Kimki olur pandu nasihat soʻzin,
Jannati aʼlo aro solur oʻzin.
Pandu nasihat bila qilgʻin suluk,
Xohi faqir oʻlgʻilu xohi muluk…
Qoʻyma koʻngul ichra havoyu havas,
Haq ishidin boʻlma judo bir nafas.
Behudalar majlisida turmagʻil,
Foidasiz soʻzda nafas urmagʻil.
Parvarishi nafs etibon yema osh,
Nafs tilar oshgʻa indurma bosh.
Harnaki haq bersa, rizo boʻl anga,
Toki xudo lutflar etgoy sanga.
Mol tilamangkim, yoʻq anda vafo,
Mol tilaganlarga tegar koʻp jafo.
Fisqu fujur ahli bila boʻlma yor,
Osiyu jofiy ila tutma qaror.
Yaxshi kishilar bila hamroz boʻl,
Ichkuchilar suhbatida oz boʻl.
Ilmu adab birla boʻlu toat et,
Toati haqni oʻzingga odat et.
Oʻz gunohingni yod etib, tavba qil,
Bandasan, oʻzungni gunohkor bil.
Olimu zohid bila boʻl hamnishin,
Fosiqu nodongʻa oʻturma yaqin.
Kishi yomon boʻlsa kerak yori xub
Kim, boʻlur oz kunda oning bori xub.
Fayz tobor yaxshi kishidin kishi,

Davlat ila oʻlgʻusidur har ishn…
Nechaknm, olam ichida shohsan,
Shohliq atvoridin ogohsan.
Davlat erur adl ila yesang osh,
Voy, agar zulm ila qilsang maosh.

 

* * *

 

Oting erur Jonibek, ey shahriyor,
Xon ila xoqonsanu ham shahriyor.
Toleingga baxt mutobiq erur,
Davlatingga taxt muvofpq erur.
Donishu aqlingda topilmas qusur,
Hashmati mulkungda koʻrunmas futur
Haq sanga koʻrsatdi inoyat yoʻlin,
Topding oning birla xilofat yoʻlin.
Sidq ila din ishiii bot aylagil,
Din yoʻlin ochmoqqa subot aylagil.
Qani shnjoatda saningdek yana,
Adlu saxovatda sashshgdek kna?
Olgʻilu ilkingga qilichingni tez,
Dushman arosida qoʻpar rustaxez.
Adlu xilofat ishida doim oʻl,
Toat uchun haq qoshida qoim oʻl.
Shukrki, olam ichida shohsan,
Arshi xilofat uza ham mohsan.
Bor bu kun bandada bir arzi hol,
Arz qilay gar sanga boʻlmas malol.
Tinglaki, din nusrati bu soʻzdadur,
Ikki jahon davlati bu soʻzdadur.
Emdi jahon ichra sagʻiru kibor,
Tortatururlar sanga koʻp intizor.
Zulmu sitam dinni xarob ayladi,
Gʻam oʻti jonlarni kabob ayladi…
Qolmadi din ahlida bir xonadon,
Zulm bila toʻldi tamomi jahon.
Yer yuzini tutti zalolat bu dam,
Elga kerak boʻldi adolat bu dam,
Lutf ila din ochqoli azm aylagʻil,
Sidq ila bu azmni jazm aylagʻil.
Zulmu sitam tushdi bu olam aro,
Oning uchun arz qilurman sango.
Lutf qilu soʻzima solgʻil quloq,
To sanga rahmatdin ochilgʻay buloq.

Bandaga senu, menu pok eʼtiqod,
Dunyo uchun dinni yuborma ba bod.
Eldin agar chiqdi esa xonumon,
Shukrki, din manda erur bu zamon.
Dunyo uchun qoʻymadim islomni,
Qoʻymadim oʻzumga bu badnomni.
Din tilabon uyu elimni yiqib,
Sanga yetishdim vatanimdin chiqib.
Dodima yetgilki, bu kun dodxoh –
Men menu sensen bu jahon ichra shoh.
Adl yuzidin manga bergil javob,
Kim sanga bu ishda erur koʻp savob.
Kufru zalolat elini dafʼ qil,
Xalqdin ul qavmni bot rafʼ qil.
Kimki gʻazot etsa jahonni olur,
Uqboda ham bogʻi jinonni olur.
Berma bu savdoni ilkingdin ravon,
Emdiki, bordur bu taning ichra jon.
Ushbu tiriklikni gʻanimat tuting,
Yaxshi kishilar bila suhbat tuting.
Beklaringiz bila kengosh eting,
Din ishini dahr aro fosh eting.
Necha zamon erdiki, shaybon aro,
Yurur edim xon ila sulton aro.
Istar edim bir shahi sohibqiron,
Ikki koʻzum toʻrt boʻlub har qayon.
Koʻrdum esa davlatu din senda bor,
Xonliq uchun farru jabin senda bor.
Saltanat asbobi erur sanda jamʼ,
Shahrlar arbobi erur sanda jamʼ.
Necha sifat bor, ey shahriyor,
Har kishida boʻlsa bu, xonliq tobor.
Biri bu, odilsanu pok eʼtiqod,
Shohki, adl etti topar bot murod.
Biri bahodurliq zrur, bil oni,
Yaxshi sifatdur bu skfat, qil oni…
Ilmgʻa har kishiki hurmat tutar,
Tengri taolo onga hurmat tutar.
Biri bu – koʻnglungda base dard bor,
Diydai giryonu ruxi zard bor.
Ushbu sifat ayni saodat erur,
Balki maqomoti karomat erur.
Himmatingizni tuting endi baland,

Doʻstgʻa koʻz boʻlsunu, dushmanga band.
Lek shaybon ppnda sansan chirogʻ,
Balki jahon ichida sansan chirogʻ.
Dahrni ravshan qilakoʻr adl ila,
Mulkni gulshan qilakoʻr adl ila.
Adlu saxovat bila boʻlsang mudom,
Mulk boʻlur fath sanga vassalom.
Xojai bechoragʻa solgʻil nazar,
Kim, nazaringdin boʻlur ul moʻtabar.
Bor gʻarnbu vatanidpn yiroq,
Tortaturur mehnatu dardn firoq.
Aylasangonp soʻzi bnrla amal,
Mulk aro boʻlmagʻusidur xalal.
Soʻzni dedim emdi duo aylayin,
Sanga duo subhu maso aylayin.
Borib ikki dunyoda boʻl komron,
Taxti xilofat uza tur jovidon.

 

BU KITOB NAZMINING SABABI

 

Menki, bu xidmat uchun etdim shuroʻ,
Oy kabi soʻz burjida qildim tuloʻ.
Nur berib dahr duraxshon mango,
Rahbari bu fanda Nizomiy edi,
Qildi bu nusxa soʻzin oson mango.
Pir onga Xisravu Jomiy edi.
Hotifiy erdi biri ul qavmdin,
Biri Navoiy edi bilgil yaqin.
Andaki tartibi kalom ettilar,
Har biri bir “Xamsa” tamom ettilar.
Manga yetushganda bu ish navbati,
Boʻldi manga borisining himmati.
Himmat alardin tilab ixlos ila,
Om ila soʻzlashdimu ham xos ila.
Haq nazari boʻldi chu_rahbar mango,
Boʻldi bu tartib muyassar mango.
Sidq ila berdim esa tartib anga,
Bir shahidin bor edi taqrib anga.
Shohi jahon erdiyu sultoni din,
Mafxari din erdiyu ahli yaqin.
Jonibek erdi, shohi dindur oti,
Shohlar aro sarvar edi baroti.
Bazmi shijoat arodur nomdor,
Mulki shijoat arodur shahriyov.

Lutf ila zhson edi doim ishi,
Kechar edi xayr ila yozoʻ qishi.
Xidmat etar erdim onga din uchun,
Yurur edim qoshida talqin uchun.
Necha sifat koʻrdum oʻshal shohda,
Kim bori maqbul edi dargohda.
Dedim, oning vasf etay avsofini,
Shafqatu ehson ila altofini.
Dahrda mashhuri jahon boʻlgʻon ul,
Kun kabi olamda ayon boʻlgʻon ul.
Nazm xayolim aro qilgʻach guzar,
“Mahzani asror”gʻa qildim nazar.
Bor edi bir necha maqola anga,
Kim dami gʻayb erdi havola anga.
Koʻrdum oning ichida asrori haq,
Fayzu tajalli bila anvori haq.
Menki maqolat ila tuzdum kalom,
Bu shahi din vasfida qildim tamom.
Berdim oning vasfigʻa tartib oni,
Qildim oning otigʻa taqrib oni.
Chun bu shah atvorini qildim bayon,
Yaxshiligʻ avsofini qildim ayon.
“Maqsadul-atvor” qoʻyub otini,
Shuhrai shahr etdim oning zotini.
Yoʻq edi man xastada oncha majol
Kim, munga koʻp qilgʻay edim ishtigʻol.
Kunduz edi shohga xidmat ishim,
Oʻtar edi qoshida yozu qishim.
Kechada boʻlsa edi bedorliq,
Aylar edim tangriga koʻp zorliq…
Manda agar bor edi ashgʻol koʻp,
Shukrki, yoʻq erdi mango mol koʻp.
Dunyo ilan yoʻq edi bir zarra zavq,
Mol ila ham yoʻq edi hech zavqu shavq…
Adlgʻa saʼy aylar erdim shohni,
Yoriy qilib oʻzuma ollohni.
Shoh dogʻi adlgʻa moyil edi,
Sidq ila haq zikrigʻa qoyil edi.
Haq soʻzin aylar edi mandin qabul,
Boʻlmas edi hech bu soʻzdin malul.
Xoja duo aylar edi har zamon,
Kim, bu jahonshohni tutgʻil amon

Yorab, oni ikki jahon shohi qil,
Adlu saxo rifʼatining mohi qil.

 

Farzandi azizu dilband, mir Abdussalom Xojaning nasihati bobida

 

Eyki azizim, dogʻi farzandsan,
Ham manga farzand, jigarbandsan.
Tanda huzurimsanu koʻzumda nur,
Koʻnglum aro jonsanu jonda surur.
Xalq arosida, ayo neknom,
Oting erur bil oni Abdussalom.
Chunkim oting yaxshi erur xalq aro,
Yaxshi boʻl oʻzing dogʻi bahri xudo.
Ilm oʻqib xayru saloh istagil,
Sidq ila har shomu saboh istagil…
Koʻnglung aro qoʻyma havoyu havas,
Kim bu havaslar boridur xoru xas.
Ondaki betajribayu tifl eding,
Harna kelur koʻnglungga qilur eding,
Emdiki, boligʻ sanu ham hushmand,
Boʻlsa kerak bori soʻzung vaʼzu pand.
Asling edi olimu fozil, bali,-
Murshidi komil dogʻi shayxu vali.
Doim alar tavfi bilan qil maosh,
Aylama ul tavr ila oʻzungni fosh.
Dahrda bir zarra vafo istama,
Ziynatu zeboda safo istama.
Koʻzungga gar yaxshi koʻrunur jahon,
Yaxshi koʻrunur, vale bordur ziyon.
Emdi yamon yaxshini farq aylagil,
Tarki riyo, hiylayu zarq aylagil.
Rost aytmoqlikni qil endi shior,
Rostgʻ.a yor oʻlgʻusidur birubor.
Rost deyu rost ish et har zamon,
Yolgʻon aytmoqlikda toparsan ziyon.
Rost yoʻl ilan yurgʻilu ham rost boʻl,
Itmas agar topsa kishi rost yoʻl.

Yolgʻon aytmakni shior aylama,
Kim desa yolgʻon oni yor aylama.
Qalb kishi soʻziga solma quloq,
Kimki desa rost oning sori boq.
Fisqu fujur ila oʻturma dame,

Boʻlma riyo majlisining hamdami.
Oqilu dono bila boʻl hamnishin,
Fozilu komilgʻa oʻtirgʻil yaqin.
Johilu nodon ila yor oʻlmagʻil,
Onlar uchun el aro xor oʻlmagʻil.
Haq ish uchun mansabu joh istama,
Xidmat uchun qaysaru shoh istama…
Toat etu mahrami dargoh boʻl,
Faqr yoʻlida yuru ham shoh boʻl.
Ol bu nasihatni mani zordin,
Xojai mahzunu dilafgordin.
Gar bu nasihat bila qilsang maosh,
Boʻlgʻusisan yaxshi sifat birla fosh…

 

IKKINCHI MAQOLA

 

Sultoni sohibjoh adolat bila saltanat saroyin obodu saodat bila mazlumlar xotirin shod qiluri bobida

 

Bu shohi davronki, ulusxonidur,
Din ila islom elining jonidur.
Garchi burun bor edi sulton oti,
Emdi mamolikda erur xon oti.
Xon agar ul boʻlsa jahon amn oʻlur,
Adl bila ahli zamon amn oʻlur…
Qaydaki bir ochu gʻaribni koʻrar,
Shafqat ila holini hardam soʻrar.
Och agar oʻlsa beradur non anga,
Boʻlsa sovuq toʻn qilur ehson anga.
Koʻrdiki, har qayda yoturki zaif,
Yo gʻami ayyomdin oʻlgʻon nahif –
Shirau sharbat berur aylar davo,
Topgʻucha ul xastai miskin shifo.
Koʻrdiki, tugʻyon qilibon firoq,
Soldi birovni vatanidan yiroq.
Ul kishi birlanki navozish qilur.
Kim vatanidin muni yaxshi bilur,
Qaydaky qul topti esa shod etar,
Qilmas oni bandayu ozod etar.
Koʻrdi esa xasta, yetimu faqir,
Yoki tushubdur sitam ilan asir.
Qilur anga har nafasi lutf xos.

Aylar api zulmu sitamdin xalos.
Qaydaki mazlum kelib dod etar,
Adl ila soʻrub oni dilshod etar.
Koʻnglini adl ila qilur shodmon,
Berur onga lutf ila hukmu nishon,
Kimki raiyat haqigʻa zulm etar,
Yetgach oni arzigʻa boshi ketar.
Adli jahon ichida andoq turur
Kim, boʻry qoʻy birla birikib yurur.
Adl nishoni bila toʻldi jahon,
Yoʻq sitamu zulmdin aslo nishon.
Tutdi jahoq ichini chun roi adl,
Aylagil, ey doʻst, tamoshoi adl.
Adlda bemisli jahondur bu xon,
Balki Sulaymoni zamondur bu xon.
Chunkim erur adl ishi odat anga,
Farz erur qilmoq itoat anga.
Zoti oning majmui ehson erur,
Koʻngli toʻla nur ila imon erur.
Shoh bu navʼ oʻlsa gʻanimat oʻlur,
Elga saodat bila davlat oʻlur.
Kimki oning davlatigʻa shukr etar,
Maqsudigʻa begumon oxir yetar.

 

TAMSIL

 

Odil erur dahrda Noʻshiravon,
Adli ila tuzulib erdi jahon.
Mulki adolat ila maʼmur edi,
Xalq oning davrida masrur edi.
Zulmu sitam chun oʻzi qilmas edi,
Hech kishi zulmni bilmas edi.
Gar desalar, zulm degan ham boʻlur,
Derlar edi, zulm ne turluk turur?
Zulmu sitam yoʻq edi ul davrda,
Xalq bori toʻq edi ul davrda.
Bir kun oʻshal davrda Noʻshiravon,
Dediki, mulkumni qilay imtihon
Kim, bu mamolik tuzulibmu ekan,
Yo sitam ila buzulibmu ekan.
Xasta qilib oʻzini yotdi ravon,
Oni soʻrab keldi tamomi jahon.
Dedi, mani xastaligʻimgʻa davo,

Bir nima vor oʻlsa toparman shifo.
Xalq dedilarki, ayo shahriyor,
Har na desang mamlakating ichra bor.
Jondan emas nima azizroq biling,
Oni ravon sizga fido aylaling.
Kimki shohi odil uchun jon fido
Aylasa boʻlur bori ondin rizo.
Kel, degil, ul nima erur kim sango,
Topsoq oʻlur bu marazinggʻa davo.
Shoh dedi: – Qoʻpingu har yon choping,
Mening uchun eski imorat toping.
Yaxshi tafahhus qilibon koʻz solib,
Kelturung ondin mango bir xisht olib.
Kelsangiz olib mango bir xishtni,
Dafʼ qilay bu marazi zishtni.
Qoʻptilar ul qavm nishonlar olib,
Mamlakati ichra soʻrogʻlar solib.
Kimki bu dam eski imorat topar,
Shohning oldida rioyat topar.
Ushbu hikoyatni eshitgach ravon,
Chiqtilar atrofgʻa xalqi jahon.
Eski imorat tilabon bordilar,
Mamlakat atrofini axtordilar.
Nechakim olamni soʻrub ketdilar,
Mamlakat ichida soʻrogʻ etdilar.
Topmadilar eski imoratni hech,
Har nechakim istadilar zrta kech…
Eski imorat soʻrubon har qayon,
Boʻlgʻular erdi bu jamoat ravon.
Boyqush oʻshal damda kelib dodlar,
Aylar edi dod ila faryodlar
 – Kim, bu shahanshohi jahon adlidin,
Bizga boʻlubdur sytam emdi yaqin.
Dahrda vayrona topilmas ayon,
Aylasang oning ichida oshʼyon.
Manzilimiz eski imorat boʻlur,
Boʻlmasa ul bizga agar zulm erur.
Barcha farogʻatda erur bu zamon,
Bizga boʻlubtur bu zamonda ziyon.
El tilagi shahrda ham xonadur,
Bizga keraklik nima vayronadur.
Xisht tilagonlar bori hayron borib,
Topmay oni kelib edilar horib.

Chunki shoh oliga kelib aydilar,
Shohga boyqush soʻzin ham aydilar.
Kim bu zamon, ey shohi farxundafol
Adl saririnda sanga yoʻq misol.
Adling ila oʻyla jahon shod erur,
Kim bori vayronalar obod erur.
Har sori borduq esa bir moʻtabar,
Yoʻq edi vayronadin aslo asar.
Ayladi boyqush kelibon zorligʻ:
 – Kim koʻradurmiz sitamu xorligʻ.
Barcha bu shoh davridadur shodmon,
Biz kabi yoʻqdur yana bexonumon.
Boyqushi bechora qilib iztirob,
Eski imorat uchun erur xarob.
Bu soʻzni eshitdiyu Noʻshiravon,
Shukr qilib sajdaga bordi ravon.
Elga dedikim, manga bordur maraz,
Dedim esa, bor edi andin gʻaraz.
Kim koʻray obodmudur mamlakat,
Adlim ila shodmudur mamlakat.
Emdiki mulkim tuzulibdur bu dam,
Shukri mango vojib erur dam-badam
Adlini qildi esa Noʻshiravon,
Boʻldi oning davrida mulk obodon.
Adl bila topdi esa ixtisos,
Boʻldi koʻrung doʻzax oʻtidin xalos.

 

MAVʼIZA

 

Emdiki, san shohi zamonsan bu kun,
Taxti xilofat uza xonsan bu kun.
Shohlar aro oting erur Jonibek,
Hashmating erur bori Jamshiddek.
Adl kitobidin emdi ol varaq,
Toki Noʻshirvon koʻrub olgʻay sabaq,
Kelsa raiyati oning dodigʻa,
Yetdi raiyat dodi faryodigʻa.
Koʻrma raiyatga sitamni ravo,
Toki yetishgay sanga haqdin sazo.
Gʻamzadaning xotirini shod qil,
Zulmu sitam bandidan ozod qil.
Aylasang ushbu sifat ila maosh,
Yaxshi oting boʻlgʻusi dahr ichra fosh.

Ahli jahon foida olgʻusidur,
Yaxshi oting dahr aro qolgʻusidur.
Kelsa eshigingga faqiru gʻarib,
Ber onga xoni karamingdin nasib.
Sanga boʻlur dahrda olam muteʼ,
Ins ila jins, olamu odam muteʼ.

 

UCHINCHI MAQOLA

 

Sultoni nekuxoh saxovat bila muxtojlargʻa inoyat qilib, bemorlargʻa shafqat birla iloj qiluri bobida

 

TAMSIL

 

Ulki saxo mulkida manzur edi,
Hotami Toy erdiyu mashhur edi.
Oldi mamolikni saxovat bila,
Qildi saxovatni saodat bila.
Berur edi har kishnga molni,
Xalqigʻa bildirub edi holni.
Topib edi shahrda shuhrat base,
Shuhrat ila davlatu nusrat base.
Bor edi ul davrda bir podshoh
Ki, bor edi xizmatida koʻp sipoh.
Xalq gahi vasf qilib oʻzini,
Derlar edi Hotami Toy soʻzini
Kim, bu jahon ichra yoʻq andoq yana,
Ahli zamon ichra yoʻq andoq yana.
Har kishidin molin ayamas turur,
Hech kishidin ham nima olmas turur.
Shoh dedi: – Bas, oni sinorman bu kun,
Yaxshi oti bor, tilorman bu kun.
Ondoq ot emishki yurub erta-kech,
Ormos emish ushbu jahon ichra hech.
Shakli latofatda emish chun buroq,
Asli emish qashqa, uch oyoqi oq.
Dilbari joni desa, boʻlur emish,
Dulduli soniy desa, boʻlur emish.
Yel bila oʻzini teng etmas emish,
Yel oning gardigʻaki yetmas emish.
Bersa ul otin manga Hotam ravon,
Sarf qilay anga kerak boʻlsa jon.
Ganju xazoyinni ne deb aytoyin,
Mulki Madoyinni ne deb aytoyin.

Onda bilurmanki erur Hotam ul,
Bori saxo yuzukida xotam ul.
Elchi yubordi ot uchun ul zamon
Kim, manga Hotam oni bersun ravon.
Elchi ravon oʻldi kirib yoʻlgʻa bot,
Tilar uchun Hotami Toydin ul ot.
Bordi soʻrub Hotam uyin ul kishi,
Topti yurub Hotam uyin ul kishi.
Oxshom edi onda yetishgon zamon,
Topti xabar Hotami Toydin ravon.
Uyga tushurib, oni hurmat tutub,
Joniyu koʻngli bila izzat tutub.
Uy bila qoʻy topmadi, chun erdi tun,
Soʻydi oʻshal otni>bu mehmon uchun.
Pishuribon oldigʻa tortti ravon,
Yeyur edi otning etin mehmon.
Dedikim: – Ey Hotami oliy maqom,
Bir ish uchun sanga kelibmen bu shom
Sanda bir ot bor debon, shohi din
Eshitib ermish oni bilgil yaqin.
Meni yuboribdur oʻshal ot uchun,
Oning uchun sanga kelibman bu tun.
Bersang oʻshal otni, ul shoh sango,
Aylar ilkindagi molini fido.
Hotam eshitti esa elchi soʻzin,
Soldi gʻamu qaygʻugʻa ul dam oʻzin.
Dediki: – Kech kelding esa oʻyu qoʻy
Topmadimu, dedim, oʻshal otni soʻy
Kim, kecha och yotsa, bu elchiyi shoh,
Bori ishim boʻlgʻusidurkim taboh
Kim, mango desang edi kelgan zamon
Berur edim sanga ul otni ravon.
Chun sango man soʻydum ul otni yaqin,
Ne deyub ayagʻay edim ul shohdin.
Ushbu (et) ul otning etidur, biling
Munga nedur chora taomil qiling.
Elchi bu soʻzni eshitib boʻldi lol,
Qolmadi soʻz degoli onga majol.
Turdi base besaru somon boʻlub,
Tushdi gʻamu fikrga hayron boʻlub.
Dedi: – Seni derlar edi nomdor,
Koʻrdum esa man sani yuz oncha bor.
Bu ne saxovatu ne himmat turur,

Bu ne karam, bu ne muruvvat turur.
Elchi qoʻpub otlanubon ul zamon,
Eltti oning vasfini shohga ravon.
Hotam agar kufr ila topti hayot,
Topti saxovat bila oxir mamot.
Chunki saxovat bila boʻldi mudom,
Haq anga doʻzax oʻtin etdi harom.
Tuzdi saxovat bylan avsofini,
Qildi vatan vodiyi aʼrofinn.

 

BEShINCHI MAQOLA

 

Sultoni-oliy dargoh ulamo salohiyatin gʻanimat bilib, ilmu shariat birla amal qilib, fazl ahligʻa nuzul boʻlgʻoni bobida.

 

Bor bu sultoni muluk iqtidor;
Ilmu amal ahligʻa sidq ila yor.
Tolibi ilmu amal erur mudom,
Olimu fozil biladur subhu shom.
Jamʼ qilib flzlu kamol ahlini,
Yor qilur oʻziga hol ahlini.

Kimniki din ilmida komil bilur,
Koʻngli bila anga itoat qilur.
Suhbatida doim oʻqilar kalom,
Majlisida ilm soʻzidur mudom.
Hashmat ila fandaki, devon tutar,
Qoshiga tangri soʻzi doim oʻtar.
Dinu ilm ahligʻa moyil erur,
Tolibi arbobi fazoyil erur.
Bazmi oʻtar ahli shariat bila,
Maʼvizau pandu nasihat bila.
Qaydaki, ilm ahlini koʻrdi, ravon –
Qildi oni sidq uyiga mehmon.
Lutf koʻp aylab anga izzat tutar,
Dam-badam oning bila suhbat tutar.
Ilm sori bor anga chun ehtiyoj,
Oning uchun ilmgʻa ul dam rivoj.
Fazlu kamol ahli bila yordur,
Ilmu hunar ahligʻa gʻamxordur.
Muncha kibor tegrasida nomdor,
Olimu fozilda erur ixtiyor.
Yor boʻlub lashkari hilm ahligʻa,
Rogʻib erurlar bori ilm ahligʻa.
Ahl ila avlodigʻa ilm oʻrgatur,

Yaxshi maosh etgali hilm oʻrgatur.
Fozil erur boriki shahzodlar,
Mehnati ayyomdin ozodlar.
Xatlari chiqgʻuncha labindin mudom,
Qoshlari bor edi xatti kalom.
Uqub alif harfinikim bildilar,
Rost boʻlur adl ishinqildilar.
Chiqti esa, ogʻzidagʻi tishlari,
Sin oʻqimoq erdi mudom ishlari.
Taxta oʻqub boshladilar ersa soʻz,
Solmadilar jabboridin oʻzga koʻz…
Ilmu amal ahligʻa rogʻib bari,
Oxirat ahligʻa musohib bari…

 

UCHINCHI TANBEH

 

Hilmni ilm maosh qilib, sabru tahammulda oʻzin fosh qilib, gʻazabdin andesha va sabrni pesha qilur bobida.

 

Eyki, sanga berdi xudoi karim,
Mansabu davlat bila nozu naim.
Qilmadi qahr u sanga qildi karam,
Berdi sanga xayli sipohu hasham.
Berdi sanga saltanatu ehtirom,
Qildi sanga hurmatu taʼzimi tom.
Hilmni oʻz tavringa yor aylagil,
Sabru tahammulni shior aylagil.
Boʻlsa gʻazab bahri agar mavjxez,
Sabr kemasi bila kir onga tez.
Sabr toshidin anga sol langari,
Toki oni chiqormasun sarsari.
Tushsa kerak xotiring ichra yaqin,
Maʼnii valloh maasobirin.
Har kishikim sabr ila boʻlsa mudom,
Tangri oning birla boʻlur subhu shom.
Qahru gʻazab xossai shayton erur,
Hilm pisandidai rahmon erur.
Qilma gʻ§zabni oshuqub elga bot
Kim, sanga ul kelturur oxir uyot.
Qahr ila mazlumni oʻltur dema,
Oʻldi esa soʻngra pushaymon yema.
Minma gʻazab otigʻa, ey shahsuvor
Kim, yengilib yurushin oxir tuyor.

Qahr oʻtidin tushsa jahonga sharar,
Yonar oning shuʼlasidin xushku tar.
Qahr kelur damda ketar aql tez,
Qahr solur xalq aro rustaxez.
Qahru gʻazab tutsa dam ichra qaror,
Qolmas oʻshal dam kishiga ixtiyor.
Ul nimakim aqlni zoyil qilur,
Xayr ishi demakim andin kelur.
Aqldur ul kim bilur ollohni,
Aql gado birla tonur shohni.
Dod tilay kelsa qoshinggʻa faqir,
Lutf qilib boʻlgʻil anga dastgir.
Qahr ila oʻltursang oni nogahon,
Qirmagusidur yana jismigʻa jon.
Yana oningdek kishi boʻgʻancha bil,
Oʻtgusidur ham yana bil qirq yil.
Sabr ila har qarnda bir er yetar,
Yaxshi emas ulkim anga qasd etar.
Gar kishida boʻlsa xatou gunoh,
Rost soʻrub, adl ila qilgʻil nigoh.
Boʻynugʻa qoʻyub gunahin ul zamon,
Aylasang anga gʻazab oʻlmas ziyon.
Hilm bila ayla jahonda maosh
Kim, qilur ul ish sani olamgʻa fosh.
Qahr oʻti boʻlsa koʻngilda ayon,
Hilm suyidin oni soʻndur ravon.
San ham oni oʻzungga ayla shior
Kim, bu sifat bori yoronlarda bor.
Sabr ila mahrami dargoh boʻl,
Masnadi sabr uzra oʻtur, shoh boʻl.
Sabr sharobidin ichib dam-badam,
Ayla jahon ahligʻa lutfu karam.
Zoyiqai sabrgʻa pobast boʻl,
Yorab, oning nashʼasidin mast boʻl.

 

YeTTINCHI TANBEH

 

Ishq maqomida sobitqadam va mahbub talabida adam boʻlub, qarori haq bila anvori daqoyiqni mushohida qilur bobida.

 

Ey ravishi ishqda sobitqadam,
Ishqsiz urma bu jahon ichra dam.
Ishq haqiqatdur oning birla boʻl,

Boshlagʻil oning sori sidq ila yoʻl.
Ishqi shariatgʻa berib intizom,
Tutdi tariqat ravishida maqom.
Nuri basar, didai jon ishqdur,
Hosili tan, ruhi ravon ishqdur…
Ishq Zulayxoni etib bebasar,
Yusufi Misrigʻa edi jilvagar.
Ishqki, Layli yuzida qildi noz,
Toʻkti oning oldida Majnun niyoz.
Ishq boʻlib mevai Shirin mazoq,
Ayladi Farhodni gʻam ichra toq.
Ishq boʻlib Musoi Umrongʻa barq,
Qildi majoz birla haqiqatni farq
Ishq falak uzra chiqorub xurush,
Bahrgʻa ul berdi xurush ila joʻsh.
Ishq chaman ichra boʻlub toza gul,
Bulbuli shaydogʻa ul ichurdi mul.
Ishqki, olamda ochar bogʻlar,
Lola qoʻyar koʻksi uza dogʻlar.
Ishq rayohinni solib zikrga,
Soldi binafshani gʻami fikrga.
Ishq qizil gul yuzin aylab qizil,
Berdi fasohat bila^avsangʻa til.
Ishq xazon kibi solib rustaxez,
Bogʻ ila boʻstonda qilur bargrez.
Ishq chamanda boʻlubon xunfishon,
Gʻunchaning ichini qilur toʻla qon.
Ishqni aylab boʻlubon hamnafas,
Ayladi dildor visolin havas.
Ishqki, chang qomatin aylar duto,
Boʻlur oning dardigʻa nagʻmasaro.
Ishqki, koʻs ustiga tegursa dast,
Boʻlur oʻshal damda har ovoz past.
Ishq qotida shah oʻlur besarir,
Nagʻmai qudrat bila tortar nafir.
Ishqki, atfolni zor yigʻlatur,
Ul gʻam ila goh qoʻparu goh itur.
Ishq hudi nagʻmasini soz etib,
Jumla maloyikni hal ovoz etib.
Soldi samo ichra falak shevasin,
Yuklab anga shavqu vafo mevasin.
Koʻrdi esa charx xudodin nishon,
Oy ila kun charxga kirdi ravon.

Har kishikim, ishq anga hamdam emas,
Bid onikim, ul kishi odam emas.
Ishq bila boʻlmasa har kim murid,
Tutmasun ul piridin aslo umid.
Kimgakim ishq ila nazar qildi pir,
Boʻlmas oning hech ishi nuqsonpazir.
Haqni tilar kishida urfon kerak,
Didalari ishq aro giryon kerak.
Kimki qilur sidq ila tadbiri ishq,
Kerak oʻshal damda anga piri ishq.

 

TUQQIZINCHI TANBEH

 

Dunyo molidin va farzand jamolidin muhabbat olib, mehrni maʼbudi azaliygʻa solur… bobida.

 

Eyki jahon ichra topib ehtirom,
Mol ila farzand tilarsan tamom.
Doim oni yigʻmoq uchun dardu ranj,
Tortaturubsanki qilay oni ganj.
Necha ziyondur sanga ul moldin,
Sharh qilay sanga bil oni yaqin.
Bir bu kim, ul molni yigʻorda mudom,
Ranj ila mehnat chekarsan subhu shom.
Oxir oʻshal mehnatu ranjing bari,
Hech boʻlur, mol ketar har sari.
Biri bu kim, molni koʻrgach avon,
Dushman oʻlurlar sanga xalqi jahon.
Birisi derkim, bilib ahvolini,
Doʻstliq aylab tugatay molini.
Doʻst boʻlub garchi tutar ehtirrm,
Molingni yeb, gʻiybating etar mudom.
Birisi derkim, munga bor muncha mol,
Manda yoʻq ondin tilomakka majol.
Yor boʻlib bir necha oʻgʻrigʻa shom,
Oʻlturubon molin ololing tamom.
Birisi derkim, bu yomon kishidur,
Har na yomonlik, muning oʻz ishidur.
Tuhmat etar seniyu elga chaqar,
Elga chaqib, tuhmat oʻtigʻa yiqar.
Birisi derkim, oni tutmoq kerak,

Tortib olib molini yutmoq keraq.
Hosil: oʻshal molni olay deb mudom,
Tuhmat etarlar sanga har subhu shom
Kim, mol uchun xalq koʻziga yamon,
Koʻrinadursan oni bil har zamon.
Bir dogʻi avlod ila farzand uchun,
Xayr duosin qilasan tunu kun.
Bosh qoʻyasan oni tilab gʻussa yeb,
Manga xudovand oni bergaymu deb.
Emdiki boʻldi esa farzand xub,
Koʻzunga yaxshi koʻrunur beayub.
Yetdi esa, dahrda quvvat anga,
Bogʻlading ul damda muhabbat anga.
Boʻldi anga hosili umring fido,
Boʻldung oni mehri ila mubtalo.
Oni uluq qilmoq uchun har zamon,
Koʻzdin oqizding edi ashki ravon.
Emdiki, ulgʻaydi u farzandlar,
Qolmadi ul mehr ila payvandlar.
Har biri sarkash oʻlubon dahr aro,
Nafsi gʻurur ila boʻlur oshno.
Harnaki koʻngli tilar oni qilur,
Oʻz soʻzini soʻzlar, oʻz ishin qilur.
Hech saning soʻzingga solmas quloq,
Soʻz desang olur ilkiga tayoq.
Zahmatu ranjing borisi hech boʻlur,
Harna qilibsan bori zoyeʼ boʻlur.
Mehnatu dardinga boʻlub mubtalo,
Boʻlgʻusisan qobili ranju balo.
Pandu nasihat bila topmas saloh,
Tobeʼ erur nafsigʻa shomu saboh.
Harna soʻzung nuqsu ziyondur anga,
Harna qilung dushmani jondur anga.
Garchi oning mehrida joning kuyar,
Tushsang agar ilkiga tering soʻyar.
Ulki yamon tugʻdi bu olam aro,
Aylar oʻzin mehnat aro mubtalo.
Tinmas oʻzi ham seni’tindurmas ul,
Yaxshi soʻzingga boshin indurmas ul.
Ulki saning feʼling ila tirilur,.
Har na desang jon ila xizmat qilur.
Olam aro marhami jondur sango.
Jisming aro ruhi ravondur sango,

Feʼli pisandida erur, xoʻyi xoʻb,
Yoʻqdur oning tavrida zarra ayub.
Fazlu kamol ichra boʻloʻb benazir,
Husnu latofat arodur dilpazir. ”

Bosh qoʻyubon sidq ila aylar namoz,
Tavba qilur dogʻi keltirur niyoz.
Xalq aro bordur onga husni maosh.
Aylar oʻzin yaxshi sifat birla fosh.
Boʻlsa chu farzand bu avsof ila,
Haq ishida u yursa insof ila.
Nogoh agar boʻl-sa maraz onga yor,
Yotsa maraz toʻshagida xoru zor.
Dardi uchun har sori istab iloj,
Onda yurursan gʻamidin kunlar och.
Onda sanga koʻrgali gʻamlar yetar,
Xastaligʻidin ne sitamlar yetar.
Oʻlmasun ul debki tilorsan davo,
Oʻlsa boʻlursan gʻam ila mubtalo.
Joning oning furqatida zor oʻlur,
Koʻnglung oʻshal gʻamga giriftor oʻlur.
Oni oʻlum dardigʻa koʻrmay ravo,
Onda boʻlursan oʻluminga rizo.
Ulki, yamondur xud etar koʻp jafo,
Yaxshisidin dogʻi yetar ming balo.
Boʻlsang olor mehri bila poyband,
Topxusisan haq talabida gazand.
Nechaki sevsang oni aylab mazoq,
Tushqusisan xaq talabidan yiroq.
Haqdin oyirib, sani qilgʻon figor,
Mol ila farzanddur, ey nomdor.
Mehrlari jongʻa tushub subh”u shom,
Toat uchun moneʼ oʻlurlar mudom.
Bogʻlama koʻp mehru muhabbat anga,
Doʻst emas dushmani jondur sanga.
Xojai bechoragʻa, zy korsoz,
Bandaligʻing shavqida bergil niyoz.
Mol ila farzandga band etmagil,
Mehrini boʻynumgʻa kamand etmagil.
Solgʻil rning koʻngliga mehringni bot,
Bergil oʻshal mehr ila anga najot.
Mehring ila koʻnglini masrur qil,
Jon koʻzin ul mehr ila purnur qil.

 

OʻNINCHI TANBEH

 

Soʻfilar bobidakim, zohirlarin zarqu riyo birla tuzub, botinlarin nifoq birla buzub, solus xirqasigʻa nomus obosin yelga berib, riyo luqmasidin qorinlarin toʻs qilib, haqiqatdin xabarlari yoʻq bobida.

 

Eyki, boʻlub faqrda soʻfiyi sof,

Lof arur soʻzung, hurufung gazof.

Zohiringni xush qilib orosta,

Yerda qadamni qoʻyarsan ohista.

Tushsa ilkinga seni gar bir faqir,

Oyoqing ostida qilursan haqir.

Toʻn yengini keng qilodursan mudom,

Tokim oning ichiga toʻlgʻay harom.

Bosh uza dastorni pur pechutob –

Bogʻlagʻaningdin sanga yoʻqdur savob.

Balkim erur boshing uza bori gʻam,

Uqdai bovu dogʻi domi sitam.

Pesh qoʻyadursan bu mahalda uzun,

El koʻziga shayx koʻrunmak uchun.

Berding esa oʻzingga pesh birla zeb,

Balki bu tazvir.ila yeding fireb.

Ilkingga tasbihni olib mudom,

Zikr uchun koʻrsatasan subhu shom,

Rishtasidur misli daraxti riyo,

Donalari mevai zarqu balo.

Shonakim ilkingga olib subhu shom,

Turfa saqolingni tarorsan mudom…

Boʻynunga doim soladursan rido,

Koʻrinasan el koʻziga muqtado.

Boʻrk tutub uchidin iblis oni,

Tobe etar oʻziga oni soni.

Boʻldi bu misvok chu odat sango,

Basdurur angushti shahodat sango.

Koʻrunub el koʻziga zohid mudom,

Uyga borib toʻygʻucha yersan harom.

Kunki chiqar shayxsanu muqtado,

Kechada shabravsanu duzdu dagʻo.

Zarq ila elni qilibsan murid,

Sirri haqiqatdin uzubsan umid.

Necha bu avsof ila elga fireb –

Bergasanu yurgusisan shubha yeb.

Ushbu sifat birla xudodin uyol,

Zarqu riyo otini sotu uy ol.
Oʻzni riyo oʻtigʻa koʻp yiqmogʻil,
Elga riyo koʻzi bila boqmagʻil.
Soʻfi esang boʻlma riyo birla fosh,
Qilma bu olamda bu turluk maosh.
Zohiringga berma riyo birla zeb,
Yema riyo hiylalaridin fireb.
Soʻfi esang botiningi sof qil,
Koʻnglung uyin qobili avsof qil,
Solmogʻil ul uyga riyodin palos,
Zarq bila tuzmagil anda asos.
Boʻlsa azal jazbasi mehmon sango,
Pok qilib oʻtkar ul uyni ango.
Shohi azal tutsa ul uyda maqom,
Oʻtga yonar zarq ila tazviru dom.
Ish qilakoʻr shoh ila boʻl oshno,
Uzni qilib tez xalosi riyo.
Ayla riyo ahligʻa begonaliq,
Boʻlsa sango shoh ila hamxonaliq.
Zohiringa qilma rioyat base,
Qilma oni oʻzinga odat base.
Botiningni oinadek ayla sof,
Zohiringa boqma kim erur gazof.
Soʻfiyi sofi boʻlu pok eʼtiqod,
Shod tut oʻzungni bu tavr ila shod.
Harnaki tiling bila dersan mudom,
Koʻngulda ham ul-kerak, ey nek nom.
Til bila koʻnglung soʻzini bir qil,
Birliging atvorini tadbir qil.
Soʻfi ishi tangriga loyiq kerak,
Til bila ham koʻngli muvofiq kerak.
Harnaki til birla qilursan bayon,
Koʻnglunga ham boʻlsa kerak u ayon.
Qilmasa til koʻngil ila ittifoq,
Bilki budur shevai zarqu nifoq.
Kufrdin, ey doʻst, yamondur nifoq,
Qildi bu soʻzumga jahon ittifoq.
Qilma nifoq ila jahonda zuhur
Kim, bu sifat ichra koʻp erur husur.
Sof kerak soʻfii sofi soʻzi,
Balki kerak sof soʻzi ham oʻzi.
Koʻngli toʻla nuri haqoyiq kerak,
Ogʻzi toʻla sirri daqoyiq kerak.

Niyati yaxshi keraku soʻzi xoʻb,
Soʻfilar ichida kerak beayub.
Hech kishiga yetmasa ondin sitam,
Xalqi jahon koʻrmasa ondin alam.
Topsa kerak barcha koʻng-ullarga yoʻl,
Sunsa kerak xoni haqiqatgʻa qoʻl.
Xojai bechorani, ey kirdikor,
Sofdil ayla dogʻi soʻfishior,
Tilniki haq zikri oilan zokir et,
Koʻngulni haq shukri bila shokir et,
Solma yiroq oniyu qilgʻil qarib,
Qurbda yoʻl bergil onga anqarib.

 

NINCHI MUNOJOT

 

Solus libosi birla nomusni yelga bergan soʻfilar tavrida,
 

Ey meni qil faqrda soʻfiyi sof,
Qilma ishimni talabingʻda gazof.
Koʻngulni sof ayla riyodin tamom,
Soʻfii sofi qilu tut ehtirom.
Sidq yoʻlida yurutub sodiq et,
Toatinga sidq bila loyiq et.
Berma riyo kuyida manzil mango,
Aylama ul shevani hosil mango.
Rost tut oʻz tavringa atvorimi,
Loyiq et oʻz sirringa asrorimi.
Makru hiyal fikrini koʻnglumdin ol,
Sidqu safo zavqini koʻngluma sol.
Jon koʻziga nuri basoratni ber,
Koʻngluma ham shamʼi hidoyatni ber.
Lutf ila jon koʻzgusini ayla sof,
Qilma riyo yoʻlida soʻzumni lof.
Zarq libosin mango kiydurmagil,
Balki riyo luqmani yedurmagil.
Oʻtqa yoqib xirqai solusni,
Orturakoʻr faqrda nomusni.
Tilni koʻngul birla muvofiq yasa,
Niyatu sidqimni mutobiq yasa.
Xojai mahzungʻa qilib lutfi xos,
Zarqu riyo makridin etgil xalos.
Qilma riyo tigʻigʻa koʻnglum figor,
Sidqu safo koʻyyda bergil qaror.
Ondaki kelsa gʻamu xavfi mamot,
Lutfu karam birla onga ber najot,

 

HIKMATI HAKIM

 

Ondaki bu nusxani qildim tamom,
Ketdi koʻngul oinasidin nizom.
Jismda ravshan boʻlibon jon koʻzi,
Koʻngluma yoʻl berdi haqiqat soʻzi,
Fikr qnlib dedim oʻzumga ravon,
Emdiki bordur bu taning ichra jon.
Qoʻy bu jahon fikrini, andesha qil..
Oxirat ishin oʻzinga pesha qil.
Necha sen andeshai sheʼr etgasen,
Necha oning fikri bila ketgasen?
Hech oʻlum fikrini etmasmusan?
Yoʻq esa ul dunyogʻa ketmasmusan?
Bor edi sheʼr ahlida Mavloyi Rum,
Arshi haqiqatgʻa ul erdi nujum.
Payki ajal yetgoch oni bir zamon,
Qoʻymadiyu qildi nazardin nihon.
Shayx Nizomiykim, edi muqtado,
“Xamsa” ul aylab edi ham ibtido.
Andaki yetdi malakulmavt onga,
Berdi ravo,n dobeqai qavt onga.
Sohibi idrokki Xisrav edi,
Ul ham oʻshul tavr ila “Xamsa” dedi.
Tiri qazo aylagach oni nishon,
Boʻldi nihon tufroq aro begumon.
Hofizi Sherozki, bor beayub,
Sheʼri oning boʻldi lisonul-gʻayub.
Qabr ochib ogʻzini chun ajdaho,
Qildi oni oʻziga quti nido.
Saʼdiy edi shohi suxandon yana,
Ziynati “Boʻston”u “Guliston” yana.
Jon qushi qolibdin uchar holda,
Rihlati obodin qilur holda,
Nechaki tadbir bila qoʻydi dom,
Boʻlmadi ul qush anga bir lahza rom.
Shayx Sanoyi bila Xoja Kamol,
Koʻshishi sheʼr ayladilar mohu sol.
Tutqoli soqiyi ajal bazmi xos,
Toptilar ul bazm aro ixtisos.
Ichtilaru mast-alast oʻldilar,
Vahki, qazo bazmida past oʻldilar.
Bor edi Firdavsiy oʻshal nuktadon,

Nazm vujudigʻa solib erdi jon.
Boʻldi esa shohi ajal birla yor,
Tutmadi bu dahrda bir daM qaror.
Ul qissa bobida suxandon edi,
Shoh Uvays olida Salmon edi.
Qilgʻon uchun lutf anga soneʼ base,
Deb edi masnuʼi sanoyeʼ base.
Yetdi esa umrigʻa nuqsu xalal,
Jismini gil ayladi barqi ajal.
Koʻrsatur oʻlgʻanda ajal kishvari,
Yoʻq edi Lutfiy kabi donishvari.
Keldi esa sarsari bodi qazo.
Berdi qazo hukmigʻa ul ham rizo.
Shohiy edi shohi fasohat maob,
Sheʼrigʻa ul berib edi obu tob.
Nechaki fikr ayladi ashʼor uchun,
Oxir ajal ilkida boʻldi zabun.
Kotibiy edi yana bir dahr aro,
Kim anga shomil edy lutfi xudo.
Chunki vafo koʻrmadi dahr ichra jazm
Mindi ajal otigʻayu qildi azm.
Rahbari ayyomki Jomiy edi,
Fazlu kamol ahligʻa homiy edi.
Mamlakati sheʼrda shoh erdi ul,
Din yoʻlida fazli iloh erdi ul.
Umr yaqosini qilib chok-chok,
Oxir oning jismin ajal qildi xok.
Biri suxandonki Navoiy edi,
Ul dogʻi koʻp sheʼr ila “Xamsa” dedi.
Munchaki fazl ahligʻa ul berdi pand,
Oxir ajal rishtasigʻa boʻldi band.
Borcha ajal ilkida zor oʻldilar,
Tigʻi ajal birla figor oʻldilar.
Qilmadi bu dahr alargʻa vafo,
Tutdi alar bori tariqi fano.
Sheʼru gʻazal gar dedilar borisi,
Dahr firebin yedilar borisi.
Topgʻoch ajal zoyiqasidin zarar,
Qolmadi ul qavmdin aslo asar.
Koʻshku imorat bila ayvon bino –
Ayladilar, qilmadi oxir vafo.
Qolmadi ondin asari dahr. aro,
Qurʼyoyu sahro bila ham shahr aro.

Bir necha soʻz qoldi bu olam aro,
Kim koʻngul oinasigʻadur ziyo.
Masnaviyu sheʼru gʻazaldur ayon
Kim, borisi lutf ila topti bayon.
Nazminaki, jonlar arodur xuzur,
Didai haqbingʻa berur fayz, nur.
Ilmi tariqat boʻlur ondin bayon,
Sirri haqiqat boʻlur ondin ayon.
To bu jahon bor – bu soʻz bordur,
Ilmi haqiqatgʻa bu soʻz yordur.
Kimki, borib qoʻydi esa yaxshi ot,
Oʻlmadi ul kishiyu topti hayot.
Men ham oʻshal fikr ila toptim oni,
Kim bu jamoatki bor erdi qoni?
Ketdilar ersa bu jahondin ravon,
Bir necha soʻz qoldi olardin nishon.
Dahr matoyi ketaru soʻz qolur,
Kimki futuh olsa bu soʻzdin olur.
Men ham olargʻa qilibon iqtido,
Nazm ila soldim bu jahongʻa sado.
Sheʼru gʻazal fikrin agarchi yedim,
Fikrim ila masnuʼi soneʼ dedim.
Fikr ruboiy ila ham mustazod,
Qildimu koʻnglum onga koʻp boʻldi shod.
Dedim esa, fikr ila masnoʻini,
Ayladim izhor bu matboʻini.
Ondaki bu navʼni yod ayladim,
Koʻp hunar ul fanda ziyod ayladim,
Qildim esa elga bu fanni kitob,
Hech kishi qilmadi onga javob.
Boʻldi jahon nazmida mumtoz ul,
Topmadi hech kimning onga fikri yoʻl.
Nechaki qildim bu hunarlarni arz,
Koʻrdum oni demak emas erdi farz.
Mundin esa zikri xudo yaxshiroq,
El koʻtorub qilsa duo yaxshiroq.
Garchi bu ham zikri haq erur tamom,
Tangri oti birla topibdur nizom.
Pandu nasihatdur oning koʻp soʻzi,
Munshii davlatdur oning koʻp soʻzi.
Kimki anga sidq ila solsa nazar,
Topmogʻusi uqbada hargiz zarar.
Qoʻydum oni dahr aro yodgor,
To anga qilgʻay nazar asʼhobu yor.

 

“Maqsadul-atvor”dan

https://saviya.uz/ijod/nazm/qoyma-kongul-ichra-havoyu-havas/

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x