QOʻRGʻONTEPA TUMANI

QOʻRGʻONTEPA TUMANIAndijon viloyatidagi tuman. 1926-y. 29 sent. da tashkil etilgan. Shim.-gʻarbda Jalolquduq, jan.-gʻarbda Xoʻjaobod tumanlari, sharq, jan.-sharq va shim. da Qi-rgʻiziston bilan chegaradosh. Mayd. 0,48 ming km2 ga yaqin. Aholisi 160,4 ming kishi (2005). Tumanda 2 shahar (Qoʻrgʻontepa, Qorasuv), 5 qishloq fuqarolari yigʻini (Dardoq, Savay, Sultonobod, Chimyon, Qoʻrgʻontepa) bor. Markazi — Qoʻrgʻontepa sh.

Tabiati. Qoʻrgʻontepa tumani Andijon viloyatining shim.-sharqida, Fargʻona va Olay tizmalarining etak qismida joylashgan. Yer yuzasi sharqdan (bal. 1000 m gacha) gʻarbga (500 m gacha) pasayib boruvchi togʻ oldi qiya tekisligidan va Toshohur, Suzoq adirlaridan iborat. Iqlimi kontinental; yozi issiq, qishi nisbatan sovuq. Oʻrtacha t-ra yanv. da —2° dan —3° gacha, iyulda 26—26,5°. Eng past t-raqishda —24°, eng yuqori t-ra yozda 41°. Yiliga 250—400 mm yogʻin tushadi, asosiy qismi qish va bahor oylarida yogʻadi. Vegetatsiya davri 220 kun. Tuman hududidan Qoradaryo va uning tarmoqlari Shahrixonsoy va Qoragʻunon arigʻi, jan. chegarasidan Savay kanali oqib oʻtadi. Tuproqlari oʻtloqi, oʻtloqi boʻz tuproqlar. Yovvoyi oʻsimliklardan shoʻra va b., asosan, adirlarda va haydalmagan yerlarda oʻsadi. Yovvoyi hayvonlardan adirlarda boʻri, tulki, jayra, shuningdek, turli xil sudraluvchilar, kemiruvchilar, qushlar, suvlarida baliqlar bor.

Aholisi, asosan, oʻzbeklar, shuningdek, qirgʻiz, tojik, rus, tatar, qozoqva b. millat vakillari ham yashaydi. Aholining oʻrtacha zichligi 1 km2 ga 334 kishi. Shahar aholisi 57,5 ming kishi, qishloq aholisi 102,9 ming kishi (2005).

Xoʻjaligi. Tumanda paxta tozalash, gʻisht z-dlari, don mahsulotlari, «SAMO» aksiyadorlik jamiyati, «AnNur» masʼuliyati cheklangan jamiyat, non k-ti, mahalliy sanoat gazlama, attorlik buyumlari, tikuvchilik, paypoq toʻqish f-kalari, toʻqimachilik korxonalari, avtokorxona, MTP, qurilish tashkilotlari, dehqon bozori, savdo, madaniy va maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari bor. Kichik va oʻrta biznes korxonalari, mikrofirmalar, «El-jihoz» qoʻshma korxonasi faoliyat koʻrsatadi.

Qoʻrgʻontepa tumanining yetakchi tarmoqlari — paxtachilik va gʻallachilik. Sabzavot, poliz ekinlari, kartoshka yetishtirish, tokchilik va bogʻdorchilik ham rivojlangan. 12 jamoa va shirkat xoʻjaliklari, 282 dehqon va fermer xoʻjaliklari ishlab turibdi. Tumandagi ekin maydonlariga paxta, gʻalla, kartoshka ekiladi. Pichanzor va yaylovlar, mevazor va tokzorlar bor. Tuman jamoa va shaxsiy xoʻjaliklarida 42 mingdan ziyod qoramol (shu jumladan 19,9 mingdan ortiq sigir), 55,8 mingga yaqin qoʻy va echki, 142,2 mingga yaqin parranda, 975 yilqi boqiladi.

Tumanda 55 umumiy taʼlim maktabi (36,5 ming oʻquvchi), bolalar musiqa va sport maktablari, 4 kasb-hunar kolleji (2432 talaba), mehribonlik uyi faoliyat koʻrsatadi. Tuman markaziy kutubxonasi va uning 36 ta tarmogʻi (371,1 mingdan ziyod asar), oʻlkashunoslik muzeyi, klub muassasalari, madaniyat uylari, 2 madaniyat va istirohat bogʻi, Xotira maydoni mavjud. Stadion, sport majmuasi va b. sport inshootlari bor. 6 kasalxona (shu jumladan, tuman markaziy kasalxonasi), poli-klinika, tugʻruqxona, dorixonalar, 7 qishloq vrachlik punkti, 13 feld-sherakusherlik punkti, 5 xususiy tibbiy muassasa aholiga xizmat koʻrsatadi. Tuman hududidan t. y. oʻtgan.

Tuman markazidan Toshkent, Andijon va b. shaharlarga avtobus va marshrutli taksilar qatnaydi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x