QOʻNGʻIROT SULOLASI — Xiva xonligini idora etgan xonlar sulo-lasi (1770—1920). Asoschisi — Muham-mad Amin inoq. U yovmutlardan boʻlgan Xiva xonlariga qarshi kurashib, hokimiyatni egallagan. Muhammad Amin inoq va oʻgʻli Avaz Muhammad inoq taxtga chingiziy qoʻgʻirchoq xonlarni oʻtqazib davlatni amalda oʻzlari boshqargan. Eltuzar 1804-y. Abul-gʻoziyxon V Yodgorxon oʻgʻli (1802S* 04)ni taxtdan tushirib oʻzini xon deb eʼlon qilgan.
Qoʻngʻirot sulolasi vakillari: Muhammad Amin inoq (1770—90), Avaz Muhammad inoq (17901804), Eltuzarxon (1804-06), Muhammad Rahimxon (1806—25), Olloqulixon (1828—42), Rahimqulixon (1842—45), Muhammad Aminxon (1845 — 55), Abdullaxon (18 5 5-56), Qutlugʻmurodxon (1856), Said Muhammadxon (1856-64), muhammad Rahimxon P (1864-1910), Asfandiyorxon (1910-18). Said Abdullaxon (1918-20). Yosh xivaliklar qizil armiya yordamida 1920-y. 2 fev. da Said Abdullaxonni taxtdan tushirib Xiva xonligi tugatilganini eʼlon qilishgan.