QOVUNCHITEPA — arxeologik yodgorlik (mil. av. 6-a. — mil. 8-a. va 15 — 16-a. larga oid shahar xarobasi). Toshkent viloyatining Yangiyoʻl sh. dagi Kurkuldak kanalining chap sohilida joylashgan. Arxeolog G. V. Grigoryev qazish ishlari olib borgan (1934 — 37), bu yerdan kulolchilik va qurilish muhandisligiga mansub buyumlar topilgan. Keyinchalik Oʻzbekiston FA Arxeologiya in-ti (Yu. F. Buryakov rahbarligida) tomonidan oʻrganilgan (1970, 1976, 1978). Mayd. 25 ga. Qovunchitepa baland ark (50×50 m), toʻgʻri toʻrtburchakli shahriston (150×100 m) va raboddan iborat. Madaniy qatlamlar (4— 12,5 m qalinlikda) Burganli madaniyati va Qovunchi madaniyatiga oid meʼmorlikqurilish qoldiqlaridan tashkil topgan. Arkning ostki qatlamlarida yertoʻlalar, kulxona, qoʻlda yasalgan dagʻal sopol idishlar Burganli davri (mil. av. 6—3a. larga)ga tegishlidir. Qazish natijasida tubi yumaloq, tumshuqli qozonlar, yarim yumaloq togʻorachalar, yuza kosalar, tubi tekis xumchalar topilgan. Ayrim idishlarga qizil, jigarrang angob bilan keng chiziq yoki romb shaklida naqshlar berilgan. Qovunchi davri 2 bosqichga boʻlingan. Mil. av. 2-a. — mil. 2-a. da xom gʻisht va paxsadan istehkom hamda turar joy binolari qurilgan. Mil. 3—8-a. larda shahar va rabodda hayot ancha rivojlangan. Moddiy madaniyatga Sirdaryoning quyi qismida yashagan qad. aholining madaniyati katta taʼsir qilgan. 8-a. ning 1-yarmida arablarning Chochga qilgan bosqinchiligidan soʻng Qovunchitepa tashlandiq holga kelgan. 15—16-a. ga kelib, unda hayot qayta tiklangan.
0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Войти через
авторизуйтесь
Я разрешаю создать мне учетную запись
Когда вы первый раз заходите с помощью соцсетей, мы получаем публичную информацию из вашей учетной записи, предоставляемой провайдером услуги соцсети в рамках ваших настроек конфиденциальности. Мы также автоматически получаем ваш e-mail адрес для создания вашей учетной записи на нашем веб сайте. Когда она будет создана, вы будете авторизованы под этой учетной записью.
Не согласенСогласен
Войти через
Я разрешаю создать мне учетную запись
Когда вы первый раз заходите с помощью соцсетей, мы получаем публичную информацию из вашей учетной записи, предоставляемой провайдером услуги соцсети в рамках ваших настроек конфиденциальности. Мы также автоматически получаем ваш e-mail адрес для создания вашей учетной записи на нашем веб сайте. Когда она будет создана, вы будете авторизованы под этой учетной записью.
Не согласенСогласен
0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии