QOSIMOVLAR PODSHOLIGI — Moskva buyuk knyazi Vasiliy II tomonidan tatar xonlari uchun ajratilgan hududda tuzilgan kichik podsholik (14451681). Qosimovlar podsholigi Oka daryosi boʻylab (hoz. Ryazan viloyatining shim.-sharqiy qismida) tatarlar, misharlar, mordvalar, qis-man ruslar yashaydigan hududni egal-lagan. Dastlabki podsho Qozon xoni Ulugʻ Muhammadning oʻgʻli Qosimxon boʻlgan (taxm. 1445—56). Markazi — Qosimov sh. Podsholik va shaharning nomi ham uning asoschisi Qosimxon ismidan olingan. Xonlik aholisi, asosan, dehqonchilik, chorvachilik va hunarmandchilik bilan shugʻullangan. Xonlik siyosiy hayotida mangʻit, argʻin, jaloyir, qipchoq kabi turkiy urugʻlar yetakchi rol oʻynagan.
Qosimovlar podsholigi xonlari Moskva tomonida turib Qozon xonligiga qarshi harbiy kurashlarda qatnashgan (1467—69, 1487, 1552). Mas, aka-uka xonlar Shoh Ali (1516—67) va Jon Ali Qozon xonligini 1519—21, 1532 — 36, 1546,1551-y. larda boshqarishgan. Shoh Ali Livoniya urushida rus armiyasiga qoʻmondonlik qilgan (1557 — 58). Qozon xonligi Rus tomonidan bosib olingach (1552), Q. p. xonlarining nufuzi ancha pasaygan. Biroq xonlar 16-a. oxiri va 17-a. da ham rus diplomatlari uchun Usmonli turk sultonlari va b. islom davlatlari oldida «musulmon hukmdorlari» sifatida bir dastak vazifasini oʻtagan. Said Burhon (hukmronlik davri: 1627—79) davrida xonlik aholisini majburan xristian diniga kiritish boshlanganligi uchun tatarlar qoʻzgʻolon koʻtarishgan (1656). Soʻnggi xon Fotima Sulton Begim vafot etgach (1681), Q. p. oʻz faoliyatini tugatgan va u Moskva davlatiga qoʻshib yuborilgan.
Ad:. Sharifullina F., Kasimovskiye tatarm, Kazan, 1991.