QOSIM SHAYX XONAQOHI

QOSIM SHAYX XONAQOHINavoiy viloyatidagi meʼmoriy yodgorlik (16—20-a. lar); Karmanada. Qosim Shayx Xonaqohi xonaqoh, goʻrxona, masjid, ayvon va b. xonalardan iborat. Dastlab Qosim Shayx uchun xonaqoh bunyod etilgan (1558). Shayx vafotidan soʻng xonaqoh yonidagi xonaga dafn etilgan. Xonaqoh chortoq tarhli, qoʻsh gumbazli (poygumbaz bal. 14 m), ichki gumbaz osti bagʻallari iroqi muqarnaslar bilan toʻldirilgan. Tarzining 3 tomoni peshtoqli; jan. peshtoq hashamatliligi bilan ajralib turadi. 1910-y. da atrofi devor bilan oʻralib, hazira tarzida qoʻshimcha binolar (ziyoratxona, masjid, ayvon va b. xonalar) qurilgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x