QOSHIQBURUN

QOSHIQBURUNlaylaksimonlar turkumining ibislar oilasiga mansub qush. Yevropa, Osiyo va Shim.-Sharqiy Afrikada tarqalgan. Oʻzbekistonda Amudaryo va Sirdaryo vohalari suv havzalarida uchraydi. Af-rika va Jan. Osiyoda qishlaydi. Tanasi 80 sm cha, vazni 1,5 kg cha. Tumshugʻi sariq, yassi, uchi qoshiqsimon kengaygan. Oyogʻi qora, pat va parlari oq, gavdasining patsiz joylari sariq. Voyaga yetgan individlarining boshida kokili bor. Daryolarning quyilish joylarida, koʻllardagi qamishzorlarda koloniya boʻlib yashaydi. Qamishlar orasiga, kamdan-kam tol, jiyda daraxtlariga uya quradi. 3—5 ta tuxum qoʻyadi. Tuxumini nari va modasi navbat bilan 24—25 kun bosadi. Poloponlari iyuniyul oylarida uyasidan uchib chiqadi. q. suvdagi hasharotlar, ularning lichinkasi, mayda baliq, mollyuska va b. bilan oziqlanadi. Ovlash taqiqtangan. Oʻzbekiston Qizil kitobiga kiritilgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x