QORAXITOY GAZ-NEFT KONI

QORAXITOY GAZ-NEFT KONIQashqadaryo viloyati Koson tumanidagi kon. Qarshi sh. dan 20 km shim.-sharqda. 1961-y. da ochilgan. 1965-y. da foydalanishga topshirilgan. Kon relyefi kuchsiz tabaqalangan tekislikdan iborat. Qoraxitoy gaz-neft koni Muborak koʻtarilmasining jan. qismidagi eng baland maydonda, 15gorizont shipi boʻyicha asimmetrik braxiantiklinal burmada joylashgan. Burma shim.-gʻarbiy yoʻnalishda choʻzilgan, uning gumbazi koʻtarilma-uzilma koʻrinishida. Qoraxitoy gaz-neft konida jami 17 ta quduq qazilgan; paleozoy erasi, yura, boʻr va neogen, toʻrtlamchi davr jinslari ochilgan. Sanoat miqyosidagi gaz-lilik quyi boʻr davrining (12-, 13gorizontlar), neftgazlilik esa, yuqori yura davrining yotqiziqlari bilan bogʻliq. Gaz uyumi toʻliq qatlamli, gumbazli, tektonik toʻsilgan tipga mansub. Uyum oʻlchami 4,3×2,05 km, bal. 155 m. Gazga toʻyingan qatlam qalinligi 23,3 m. Neft uyumi ustida gaz qopqogʻi mavjud. Neft yuqori oltingugurtli (2,35%), smolali (15,5 — 30%), parafinli (2,29-4,01%). Q. g.-n. k. zaxirasiga koʻra kichik konlar toifasiga kiradi. Hoz. kunda kondan foydalanilmokda.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x