QORATUMSHUQ — Sharqiy Pomirning jan.-sharqiy qismidagi Oqsuv daryosining oʻng sohilida joylashgan mezolit davriga oid makon (mil. av. 8 — 5-ming yillik). Makonda yashagan qad. odamlar mayda toshlardan qurollar yasashgan. Qoratumshuqdan 200 dan oshiq buyumlar (chopqi parchalari, nuk. ; yeuss i mon kuraklar, nuk-leus-oʻroq, randalar. qirgich va b.) topiltan, shulardan 80 tasi mehnat qurollari ekanligi aniklangan. Qoratumshuq topilmalari ichi-da, ayniqsa. qirquvchi qurol-ponasimon tigʻ ajralib turadi. Qurollarning ancha qismini keskich buyumlar tashkil qiladi. qurollar va toshlarga ishlov berish texnikasi oʻziga xos xarakterga ega. Tosh qurollar tayyorlashning asosiy texnik usullari paleolit davri qurollariga oʻxshab ketadi.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые