QORATOSH HAMMOMI — meʼmoriy yodgorlik (15—16-a. lar). Toshkent arxeologiya jspeditsiyasi tomonidan Toshkent sh. ning Qoratosh koʻchasida ochilgan. Qoratosh hammomi dahliz, supali yechinish xonalari, miyonsaroy, uning asosiy oʻklari boʻylab joylashgan xonalar (bu xonalarda issiq va iliq suvli hovuz-chalar boʻlgan) qad. anʼanaviy sharq hammomlari tarhida qurilgan. Xonalar sah-niga yalaloq gʻisht yotqizilgan; oqova suv uchun ariqchalar qilingan. Xushboʻy mbd-dalar va kul suvi (ishqorli suv) uchun moʻljallangan hovuzchalar devori va tubiga suvga chidamli maxsus qorishma «qir» qoplangan. Devorlar kulrang va pushti rang ganch bilan suvalgan, supa tepasidagi devorlar guldor sirli sopol parchinlar bilan bezatilgan. Qoratosh hammomi shaharning shu yerida joylashgan Oʻrda inshootlari majmuiga kirgan va nufuzli kishilarga moʻljallangan.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые