QORATOGʻ ZILZILASI — 1907-y. ning 21 okt. ida Hisor togʻining jan. tizmalarida sodir boʻlgan. Zilziladan avval yer ostilan juda dahshatli guldiragan tovush eshitilib, ketma-ket yer qimirlashlar natijasida 100 km masofada 150 dan ortiq qishloq vayron boʻlgan, 1500 dan ortiq kishi oʻlgan. Shuningdek, Toʻpolondaryo sohillarida koʻchkilar, oʻpirilmalar sodir boʻlgan. Dunyodagi eng kuchli zilzilalar qatoridan oʻrin olgan bu zilzila oʻchogʻi uch joyda 20—25 minut orasida sodir boʻldi. 9—10 balli tebranish maydoni 2000 km3 gʻgi tashkil etgan. Zilzilalardan tarqalgan seysmik toʻlqinlar 500—600 km masofada ham sezilgan.
Birinchi zilzila Surxon vodiysining shim. qismi bilan Machitli togʻining orasida joylashgan yer uzilmasida 21 okt. soat 4 dan 23 min. oʻtganda 30 km chuqurlikda paydo boʻlgan. Epi-sentrda uning kuchi 9—10 ball boʻlib, magnitudasi 7,5 ga yetgan. Oradan 20 min. oʻtmasdan ikkinchi marta yer silkinib, epitsentri gʻarbla, 30 — 35 km keladigan Surxon togʻi yon bagʻ-rida 9 balli kuch b-n, 24 km chuqurlikda sodir boʻlgan va Boysun atrofidagi qishloqlarni yakson qilgan. Oradan 5—6 min. oʻtar-oʻtmas uchinchi zilzila sharq tomonla joylashgan qoratogʻ daryosi atroflarida 20 km chuqurlikda harakatga kelgan. Bu zilzi-lalarning kuchi 9 balldan ortiq, mag-nitudasi 7—7,3 ga teng boʻlgan. Oradan 6 kun oʻtgach, Machitli togʻining shim.-sharqida joylashgan Choʻyanchi qishlogʻi atrofida magnitudasi 6,2 boʻlgan 8—9 balli yer silkinishi takrorlandi. Zilzila epitsentrlarining ikkitasi hoz. Oʻzbekiston hududida joylashgan.
Bu zilzilalar umuman toʻrtlamchi davrdan hoz. gacha Hisor uzilmalari boʻyicha vaqt-vaqti bilan boʻlib turadigan tektonik harakatlarning faolli-gini koʻrsatadi. 1935 (Boysun), 1943 (Fayzobod), 1949 (Xayit) va 1968 (Boysun) yillardagi 8, 9, 10 ball bilan silkingan zilzilalar bu jarayonga misol boʻladi.
Qoratogʻ zilzilasidan yuzaga kelgan seysmik toʻlqinlar Jizzax atroflarida 5—6, Samarqandda 6—7, Termiz, Panjakent, Xoʻjand, Andijonda 4—5, Toshkentda 4 ball bilan sezilgan.