QORATOGʻDARYO

QORATOGʻDARYOSurxondaryo viloyatidagi daryo. Surxondaryonnng yirik chap irmogʻi. Uz. 99 km, havzasining mayd. 684 km2. Hisor tizmasining jan. yon bagʻridan boshlanadi. Togʻlar orasida tor, yon bagʻirlari tik va baland vodiyda oqadi. Tskislikka oqib chiqqach, daryo vodiysi kengayadi. Daryo oʻzani shagʻal, tosh, qumtosh va b. jinslardan tuzilgan. Asosiy irmoqlari Shirkent va Oqjarsoy. Oʻrtacha iillik suv sarfi 22,5 m3/sek. Qoratogʻdaryo yil davomida sersuv boʻladi. Qor va muzlik suvlaridan toʻyinadi. Yillik oqimning 56.7% martiyun oylarida. 31,8% iyulsent. va 11,5% okt. — fevral oylarida oqib oʻtadi. Daryodan bir necha ariq va kanallar chiqarilgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x