QORATANLILAR

QORATANLILARqoʻngʻizlar oilasi. Uz. 2—50 mm, tanasi qoʻpincha qora, baʼzan metall ran-gida tovlanuvchan yoki alvon rang dogʻli boʻladi. Orqa qanotlari, odatda, boʻlmaydi; ustqanoti qoʻshilib oʻsgan. Koʻpchilik turlari oʻtkir hidli suyuqlik chiqaradi. Qurtlari (soxta simqurtlar) tanasi choʻziq, silindrsimon, qattiq, koʻpincha qorni ustida tikanlari boʻladi; qirsildoq qoʻngʻizlar qurtlari simqurtlarga oʻxshaydi. 15000 dan ortiq turi bor; keng tarqalgan, ayniqsa, qurgʻoqchilik min-taqalarida koʻp uchraydi. Oʻzbekiston faunasida 300 ga yaqin turi maʼlum. Qoratanlilar va ularning qurtlari, odatda, oʻsimlik qoldiqlari, ayrim turlari yashil oʻsimliklar toʻqimasi bilan oziqlanadi. Bir qancha turlari oziq-ovqat zaxiralariga ziyon yetkazadi.

Qoratanlilar oʻrmonda yashab, chiriyotgan yogʻoch va daraxt zamburugʻlari bilan oziqlanadigan hamda tuproq bilan bogʻliq boʻlgan choʻldasht kserofil ekologik guruhlarga ajratiladi. Qoratanlilarning har xil ekinlar, poliz oʻsimliklari, baʼzan daraxtlarni zararlaydigan turlari ham bor. Mas, oʻrmon Q. i (uz. 15—19 mm) daraxtlar chirindisi bilan oziklanadi; qum sustkashi (uz. 7—10 mm) dala ekinlariga, un qoʻngʻizi don mahsu-lotlariga ziyon yetkazadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x