QORAQUM KANALI

QORAQUM KANALI, Qoraqumdaryo — Turkmanistonning jan.-sharqidagi sugʻorish kanali. Jahondagi yirik gidrotexnika majmualaridan biri. Hoz. uz. 1100 km. Suv oʻtka-zish imkoniyati 502 m3/sek. Amudaryo suvini Turkmanistonning jan. dagi yerlar — Murgʻob, Tajan havzalari va Qopetdogʻdan oqib tushadigan va b. kichik daryolarning kamsuv havzalariga chiqarib beradi. Amudaryoning chap qirgʻogʻidan, hoz. Otamurot sh. ning yuqori-rogʻidan boshlanadi. Turkmanistonning jan. qismini kesib oʻtadi. Sutorish mayd. 500 ming ga dan ortiq, 5 ming ga yaylovga suv beradi. Qoraqum kanali oʻzi oqar, kengligi 200 m gacha, chuq. 7,5 m gacha, bosh qismida 465 km. ida kemalar qatnaydi, baliqchilik rivojlangan. Kanalning Amudaryodan Murgʻobgacha boʻlgan 400 km li 1-navbati 1954 — 59 y. lar qurilgan. 100 ming ga q. x. ga yaroqli yerlarni sugʻoradi. Murgʻobdan Tajangacha boʻlgan 140 km li 2-navbati 1960-y. da qurilgan, suv sarfi 200 m3/ sek. Kanalning 2-navbati ishga tushirilishi natijasida Tajan vohasida 70 ming ga ga yaqin yangi yer oʻzlashtirildi, ilgari sugʻorib kelingan 30 ming ga yerda sugʻorish ishlari yaxshilandi. Tajandan Goʻktepagacha 300 km uzunlikdagi 3-navbati 1961—69 y. larda qurilgan, bu esa 100 ming ga yerni sugʻorish imkoniyatini beradi. 1971-y. dan 4-navbati qurilishi boshlandi. Qurilgan qismi 1100 km, 2003-y. ga qadar Barekat sh. gacha yetkazildi. Qoraqum kanalida 4 suv ombori, jumladan, Hovuzxon va Kopetdogʻ suv omborlari qurildi. Qoraqum kanali toʻla qurilib bitkazilgandan soʻng uning uz. 1435 km, suv oʻtkazish imkoniyati 1000 m3/sek. ga yetadi. Turkmanboshi shahar atrofi sanoat r-nlari suv bilan taʼminlanadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x