QORAQOZONLAR

QORAQOZONLARToshkent qokimi Yunusxoʻja davri (18-a. ning oxiri — 19-a. boshi)da qoʻshin nomi. Yunusxoʻja 6 ming kishidan iborat qoʻshin tuzib, askarlarni pilta miltiq, qilich, nay-za, qalqon bilan qurollantirgan. Bu qoʻshin «qora qozon» deb atalib, unda, asosan. turli shaharlardan kelgan musofir kishilar va asirlar xizmat qilgan. Yunusxoʻja urush vaqtida oʻtroq va koʻchmanchi aholidan 50—60 ming askar toʻplay olgan. Qoʻshin turli rangdagi bayroqtar, nogʻora. karnay va surnaylar bilan taʼminlangan. Urush borishiga qarab. har bir xonadondan bir-ikki kishi qoʻshinga jalb etilgan. Qoraqozonlar soliqlarlan ozod qilingan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x