QORAQOʻL (1889-1921 va 1939-90 y. larda Prjevalsk) — Qirgʻiziston Respublikasi Issiqkoʻl viloyatidagi shahar, viloyat markazi. Terskay Olatovining shim. etagida, Qoraqoʻl daryosi boʻyida. Avtomobil yoʻllari chorrahasi. Aholisi 64,3 ming kishi (1999). 1871-y. dan Jetisuv viloyatidagi uyezd shahri. Oziq-ovqat, meva-sharob, gʻalla mahsulotlari, shu jumladan, non, baliq z-dlari, sut, goʻsht k-tlari va yengil sanoat (poyabzal va tikuvchilik f-kalari); elektr-texnika z-di, elektr issiklik markazi, aeroport bor. Qurilish materiallari ishlab chiqariladi (temir-beton qorishmalari, gʻisht-shagʻal z-dlari). Pedagogika in-ti, Issiqkoʻl un-tining oliy iqtisod kolleji, oʻlkashunoslik muzeyi mavjud. Qoraqoʻl atrofida «Oqsuv» va «Jetioʻgʻiz» balneologik kurortlari joylashgan.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые