QORAQIYOQ

QORAQIYOQ, maysazor otqoʻnogʻi, ajriqbosh — boshoqdoshlar oilasi, otqoʻnoqlar turkumiga mansub koʻp yillik oʻtsimon oʻsimlik turi; yem-xashak ekini. Gʻarb. Yevropa, AQSH, Kanada, Rossiyada keng tarqalgan. Boʻyi 60 — 100 sm. Mayiyun oxirlarida gullab, iyulda urugʻlaydi. Chorva mollari uchun yaxshi ozuqa. 100 kg koʻk massasida 20—25 ozuqa birligi va 1,0—1,5 kg hazm boʻladigan protein bor. Qishga chidamli, namtalab oʻsimlik. Pichan oʻrib oladigan oʻtloqlar yaratish. oʻt-dalali almashlab ekishda keng qoʻlla-niladi. Ekilgandan soʻng 3—4 yil oʻtgach 70s/ga pichan, 3,5 (10) s/ ga urugʻ olish mumkin. Togʻ zonasidagi oʻrmonlarda, oʻtzorlarda oʻsadi. Qoraqiyoqning bir necha r-nlashtirilgan seleksiya navlari bor. Urugʻidan ekib koʻpaytiriladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x