QORAQIYASOY RASMLARI

QORAQIYASOY RASMLARIQor jontovning jan. yon bagʻridagi soyning chap qirgʻogi qoyatoshlariga ishlangan tasvirlar; Toshkent sh. dan shim.sharq-da. 1974-y. da arxeolog A. Kabirov topgan; 1981—82 y. larda arxeolog M. Xoʻjanazarov i. t. ishlari olib borgan. 1500 dan ortiq rasmlar tosh, metall va qattiq buyumlar bilan oʻyibchoʻkichlab ishlangan boʻlib, ishlash uslublari xilma-xil. koʻproq soya uslubi qoʻllanilgan. Eng qad. si 2-ming yillikka, keyingilari mil. av. 7—1-a. larga mansub; ular orasida ilk va soʻnggi oʻrta asrlarga oidlari ham bor. Odam, buqa, it, boʻri, ohu, choʻchqa, togʻ echkisi, bugʻu, tuya, tulki va b. hayvonlar. shuningdek, qad. 5 ta arava, chavandoz, oʻq-yoy ushlab turgan mergan, tuyani yetaklagan yoki mingan odamlar mahorat bilan chizilgan. Oʻzbekiston hududida ilk bor jez davriga oid 5 ta arava tasviri topilgan, ularning 4 tasiga otlar qoʻshilgani aniq, bit-tasigina otsiz tasvirlangan. Qoraqiyasoy rasmlarida hayvonlar (buqa, choʻchqa, togʻ echkisi, ohu va b.)ni itlar ishtirokida oʻq-yoy bilan yakkama-yakka va koʻplashib ov qilish holatlari aniq tasvirlangan. Alohida holda oʻq-yoy, hanjar, egri va toʻgʻri qilich, arqon va qopqonlarning tasvirlari ham chizilgan. Kun-dalik hayotdan olingan manzaralar koʻplab uchraydi.

Qoraqiyasoy rasmlari Oʻrta Osiyo xalqlarining qad. tarixi, madaniyati, sanʼati tarixini oʻrganishda muhim ahamiyatga ega.

Ad. Xujanazarov M., Naskalnыye izobrajeniya Xodjakenta i Karakiyasaya, Samarqand, 1995.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x