QORAQALPOGʻISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR KENGASHI — Qo raqalpogʻiston Respublikasi hukumati, Qoraqalpogʻiston Respublikasi davlat hokimiyatining oliy ijro etuvchiboshqaruvchi organi. Qoraqal-pogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Ken-gesi tomonidan tuziladi, uning oldida masʼul va unga hisob beradi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashini Qorakalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisining taq-dimiga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti bilan kelishilib, Joʻqorgʻi Kenges tomonidan tayinlanadigan Rais boshqaradi. U oʻz lavozimi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tarkibiga kiradi.
1998-y. 29 yanv. yangi tahrirda qabul qilingan «Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi toʻgʻrisida»gi qonunga muvofiq, Vazirlar Kengashi: Qoraqalpogʻistonda iqtisodiy, ijtimoiy-madaniy jarayonlarni boshqaradi, mulkchilikning barcha shakllarini uygʻunlashtirish va ularning tengligi, bozor iqtisodiyotining huquqiy qurilishini roʻyobga chiqarish asosida erkin tadbirkorlik uchun shart-sharoitlar yaratadi, xoʻjalik yuritishning yangi shakllarini barpo etishga va mustahkamlashga koʻmaklashadi. Pul-kredit tizimini mustahkamlash chora-tadbirlarini koʻradi. Qoraqalpogʻiston Respublikasi byudjetini, shuningdek, respublikada iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirish istiqbollarini va eng muhim dasturlarini ishlab chiqishni va ularning ijrosini tashkil etadi, boshqaruv idoralari tizimini takomillashtiradi, har xil vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralari va xoʻjalik tuzilmalarini tashkil qilish va tugatish toʻgʻrisida respublika Joʻqorgʻi Kengesiga takliflar beradi; fan va texnikani rivojlantirish choratalbirlarini, shuninglek, tabiiy boyliklarni muxrfaza etish, ulardan samarali foydalanish boʻyicha dasturlarni amalga oshiradi; fuqarolarni ijtimoiy va huquqiy himoya qilish, ularning mehnat qilish huquqlarini taʼminlash boʻyicha chora-tadbirlar ishlab chiqadi, ijtimoy taʼminot tizimini takomillashtirish, sogʻliqni saqlash, xalq talimini rivojlantirish va takomillashtirishning asosiy yoʻnalishlarini belgilaydi, madaniyatni rivojlantirishga yordamlashadi; respublika davlat xav-fsizligini taʼminlash, Oʻzbekiston Rsspublikasining davlat chegaralarini qoʻriqtash, jamoat tartibini saqlash tadbirlarini amalga oshirishga koʻmaklashadi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va xalqaro ahamiyatga ega boʻlgan yirik ekologik dastur. targa oid ishlarni muvofiqlashtiradi. tabiiy ofatlarning oqibatlarini bartaraf etish choratadbirlarini koʻradi. Oʻzbekisgon Respublikasi va Qoraqalpogʻiston Respublikasi qonunlariga muvo-fiq hukumatlararo shartnomalar, bitimlar tuzadi va amalga oshiradi.