QORAQALPOGʻISTON DEHQONCHILIK INSTITUTI, Sh. Musayev nomidagi Qoraqalpogʻiston dehqonchilik ilmiy tadqiqot instituti — ilmiy muassasa. Oʻzbekiston Qishloq xoʻjaligi ilmiy-i. ch. Markazi tarkibida. Chimboy sh. da joylashgan. 1958-y. da Butunittifoq paxtachilik i. t. inti (SoyuzNIXI)ning Chimboy zonal tajriba st-yasi (1928) bazasida tashkil etilgan. In-tda gʻoʻza seleksiyasi va urugʻchiligi (gʻoʻza seleksiyasi va urugʻchiligi, genetika va gʻoʻza tolasi texnologiyasi lab. b-n), don ekinlari yetishtirish texnologiyasi va urugʻchiligi (moyli, yem-xashak ekinlari urugʻchiligi, agroekologiya va dehqonchilik, sugorish va melioratsiya lab. b-n), oʻsimliklarni himoya qilish boʻlimlari; Turtkoʻl jan. filiali, biofabrika, ilmiy kutubxona bor (2005). I. t. oʻtkazish va tajribalar qoʻyish uchun in-t eksperimental bazasiga 250 ga yer ajratilgan. Tad-qiqotlarning asosiy yoʻnalishlari: hozirgi Orol boʻyidagi ekstremal sharoitlarga mos keladigan, U-tip tola beradigan, qimmatli xoʻjalik belgilariga ega boʻlgan tezpishar, shoʻr va qurgʻoqchilikka chidamli gʻoʻza navlarini yara-tish va joriy etish; don, dukkakli, moyli va yem-xashak ekinlari yetishtirish texnologiyasini ishlab chiqish; xoʻjalik yuritishning yangi tashkiliy tuzilmalarida oʻsimliklarni kasallik va zararkunandalardan himoya qilishning uygʻunlashgan usulini takomillashtirish, q. x. da qoʻllaniladigan kimyoviy preparatlarning ekologik-iqtisodiy va biologik samaradorli-gini oʻrganish va b. Keyingi yillarda in-tda gʻoʻza, beda, sudan oʻtining bir necha istiqbolli navlari yaratildi. Chimboy-160, Chimboy-3000, Chimboy-4104 gʻoʻza navlari, Qoraqalpogʻiston (1, 2,
5) beda navlari r-nlashtirildi. Koʻp yillik ilmiy izlanishlar natijasida Qoraqalpogʻiston sharoitlariga mos Chimboy-5 nok navi, Chimboy qandak oʻrik navi, qovunning vitaminlarga boy Zamcha, Qariqiz, Bishak navlari yaratildi, 30 mahalliy navi tiklandi. Almashlab ekish sxemalari, tunroqni ishlash usullari, oʻgʻitlash sistemasi, kimyoviy va biologik himoya usullari boʻyicha ilmiy asoslangan tavsiyanomalar ishlab chyqildi. In-t faoliyati y. R. Kurbonov, U. Toremuratov, Z. Toxta-bayev, I. Smeshov, D. Shamshetov, A. N. Tribunskiy, A. V. Bereznyakova, M. Azi-zov, B. Mambetnazarov, B. Yusupov, Ye. Toreniyazov va b. olimlarning nomlari bilan bogʻliq. In-t olimlari chet el – innovatsiyalari va grantlari boʻyicha ham tadqiqotlar olib boradilar. Chet el firmalari, AQSH q. x. departamenti bilan ilmiy aloqalar yoʻlga qoʻyilgan.