QORAQALPOGʻISTON

«QORAQALPOGʻISTON» («Qaraqalpaqstan») — Qoraqalpogʻistondagi nashriyot. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Matbuot va axborot agentligi tasarrufida. 1928-y. Qoraqalpoq davlat nashriyoti nomida tashkil etilgan. 1964-y. iyuldan hoz. nomda. Nukus sh. da joylashgan. Nashriyot jahon adabiyoti klassiklari asarlarini, shuningdek, badiiy, ijtimoiy-siyosiy, ilmiy-texnik adabiyotlar, tibbiyot, oʻquv-pedagogika sohalariga oid asarlar nashr etadi. 1930—31 y. lar «Qoraqalpogʻiston»ning Toʻrtkoʻldagi bosmaxonasi hamda gaz. tahririyatlari birlashib, qoraqalpoq va qozoq tillarida, jami 46 nomda kitoblar nashr etgan. 2004-y. «Qoraqalpogʻiston» nashriyotida 53 nomda 141 ming 500 nusxada bosma mahsulot nashr etildi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x