QORACHITTAK — chumchuqsimonlar turkumiga mansub qush. Yevropa, Jan. Sibir, Sharqiy va Jan. Xitoy, Eron, Kavkazda, Oʻrta Osiyoning sharqiy Tyanshan qismida tarqalgan. Qanoti 55—58 mm, vazni 9—10 g. Boshi, tomogʻi va koʻkragi qora. Usti toʻq kulrang. Qorin qismi och jigarrang. Yum-shoq toʻshamali kovaklarga uya quradi. Yiliga 2-marta 7—11 tadan tuxum qoʻyib, 12—14 kun bosadi. Poloponlarini uyasida 20 kun oziqlantiradi. Hasharotlar tuxumlari va lichinkalari hamda oʻsimliklar urugʻi bilan oziqlanadi. Qorachittak qishga zaxira oziq toʻplaydi. Urmon xoʻjaligi uchun foydali kush.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые