Kerakli masalliqlar:
1. Un 2. Tuxum — 6 dona
3. Shakar — 2,5 stakan
4. Qatiq — 1 litr
5. Salat yog’i — 0,5 stakan
6. Kakao (Turtsiya) — 4 osh qoshiq
7. Qavartma (Razr{ы}xlitelь) — 1,5-2 pachka
8. Soda, uksus — 1 choy qoshiq
Glazur uchun
1. Kakao (Turtsiya) — 3 osh qoshiq
2. Shakar — 4 osh qoshiq
3. Qaymoq — 3 osh qoshiq
Krem uchun
1. Margarin — 300gr.
2. Qaynatilgan sut (varenny iris) — 200 gr.
Propitka uchun
1. Аchchiq kofe — 0,5 piyola
Tayyorlanishi:
Qatiqga soda va uksusni solib, achitib qo’yamiz.
Idishda tuxum va shakarni oppoq bo’lgunicha ko’pirtiramiz. Salat yog’i, qavartma, kakao ketma-ketlikda solinib, ustidan achigan qatiqni solib, aralashtiramiz.
Аralashmamiz suyuq kashasimon bo’lgunicha un qo’shiladi. Duxovka listiga ozgina margarin surtib, aralashmani ikkiga bo’lib, qizigan duxovkada o’rta olovda pishiramiz.
Sovutib, propitka qilinib, keyin krem surtamiz. Kremi xoxishga qarab.
Eng ustiga glazur quyiladi. Ustini xoxishga qarab bezatsa bo’ladi.
Yoqimli ishtaha!
loading…