QORA DENGIZ BOʻYI PASTTEKISLIGI — Sharqiy Yevropa tekisligining eng jan. dagi bir oz qiya tekislik. Qora va Azov dengizlariga yondosh. Gʻarbda Dunay deltasi va sharqda Kalmius daryosi oraligʻida. Eng baland joyi 150 m. Paleogen va neogen davrlarining dengiz yotqiziqlari (ohaqtosh, qum, gil) dan tarkib topgan, ustini lyoss va lyossimon qumoqlar qoplagan. Qora dengiz boʻyi pasttekisligini Dnepr, Jan. Bug, Dnestr va b. daryolarning keng vodiylari kesib oʻtgan. Suvayirgʻichlari yassi. Chuqur liman va qum tillari koʻp. Qora va toʻq kashtan tuproqlarda dasht oʻsimliklari oʻsadi.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые