QOPLOVCHI TOʻQIMALAR — oʻsim liklarni tashqi muhitning noqulay sharoitidan himoya qilib turadigan toʻqimalar. Tigʻiz joylashgan hujayralardan iborat. Birlamchi Qoplovchi toʻqimalar (epi-dermis) barglar va yosh novdalarning sirtida boʻladi. Uning hujayralarining sirtqi qalin devori kutikula bilan qoplangan, oʻsimlikni qizib ketishdan va suvning ortiqcha bugʻlani-shidan himoya qiladi. Uidagi ogʻizchalar orqali gaz almashinuvi va transpiratsiya sodir boʻladi. Ochiq urugʻlilar va ikki urugʻpallalilar poyasi va ildizida birlamchi Qoplovchi toʻqimalar oʻrniga ikkilamchi toʻqimayoʻkak hosil boʻladi. U suyuq va gazsimon moddalarni oʻtkazmaydigan, poʻkaklashgan hujayralardan iborat. Bunday poʻkak oʻsimlikning jarohatlangan joylari, nekrozga uchragan qismlari atrofida, daraxtlar poʻstlogʻi ichida ham hosil boʻlib, tirik lub qavatini tashqi oʻlik hujayralardan ajratib turadi.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые