QON SOʻRAR CHIVINLAR

QON SOʻRAR CHIVINLAR — uzunmoʻylovli ikki qanotlilar oilasi. Uz. 8 mm gacha. Tanasi, baʼzan qanotlarining bir qismi tangachalar bilan qoplangan. Ogʻiz organlari sanchib soʻruvchi xartumdan iborat. 2500 ga yaqin turi, jumladan, Oʻzbekiston faunasida 25 turi bor. Urgʻochi Qon soʻrar chivinlar, odatda, umurtqalilar qonini soʻradi, erkaklari oʻsimlik shirasi bilan oziqlanadi. Qurtlari planktonda, odatda, oqmaydigan suv havzalari, suv toʻplanadigan daraxtlar kovagida, uylarning yertoʻlalarida, hatto suv solingan bochkalarda, asosan, yilning iliq davrida, baʼzan qishda ham rivojlanadi; suvdagi mikroorganizmlar bilan oziklanadi. Qon soʻrar chivinlar, odatda, bezgak tarqatuvchi va bezgak tarqatmaydigan (qolgan 5 ta urugʻ) guruhlarga ajratiladi (yana q. Bezgak chivinlari).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x