QOʻZIYEV Tursunali Karimovich (1954.18.11, Surxondaryo viloyati Surxon qishlogʻi) — grafik rassom, kan-dakor, foto sanʼati ustasi. Oʻzbekiston BAakad. (1997), Oʻzbekiston Respublikasi sanʼat arbobi (1999). Benkov nomidagi Resggublika rassomlik bilim yurti (1976) va Toshkent teatr va rassomlik sanʼati in-ti (1982)ni tugatgan; badiiy kandakorlikni usta O. Azi-zovdan oʻrgangan. Qoʻziyev ish faoliyatini Jar-qoʻrgʻon sh. bosh rassomi sifatida boshlagan. Surxondaryo viloyati madaniyat fondi raisi (1987—92), Respublika rassomlik bilim yurti direktori (1993—95), Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devoni masʼul xodimi (1995—96), Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirining birinchi oʻrinbosari (1996—97); 1997-y. dan Oʻzbekiston BA raisi, ayni bir vaqgda Oʻzbekiston badiiy ijodkorlar uyushmasi raisi, 1998-y. dan Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn in-ti prof. q. asarlariga borliqni shoirona talqin etish, ranglar yorqinligi, nafisligi xos. «Jarqoʻrgʻonlik bogʻbon», «Ona yurtim», «Olimlar», «Naqshbandiyga bagʻishlov» uchligi (tritpixi), «Toʻli-noy», «Qiz portreti», «Munojot», «Sho-ira portreti» kabi rangtasvir, «Alisher Navoiy» (mis), «Tib qonunlari» (mis), «Afsona» kabi kandakorlik asarlarini yaratgan. Grafik rassom sifatida Mirtemir asarlariga hamda oʻzbek, rus, gruzin ertaklariga bezaklar, «Yoshlik qoʻshigʻi» devoriy rasm (1979, hamkorlikda, Jarqoʻrgʻon sh. da), «Turnalar» yodgorligi (1982, Sherobod tumanida) kabi monumental asarlar ishlagan. Badiiy foto asarlari mavzu jihatidan rang-barang, ularda ona yurt madhi, jahon madaniy merosi, oʻziga xos tabiati, tarixiy obidalari, xalqning milliy urf-odati poetik talqinini topgan. «Oʻzbek fotografiyasi. 125-yil» antologiyasi, «Langar», «Ijodimiz haqida gapirsak» albomlari muallifi.
Q. Respublika va xorijiy mamlakatlar (Hindiston, Yaponiya, Koreya, Misr, Pokiston, Fransiya, Italiya, Germaniya va b.) koʻrgazmalarida asarlari bilan ishtirok etgan. 2-chaqiriq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Maj-lisining deputati. Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi Bosh tahrir hayʼ-ati aʼzosi (2000). «Doʻstlik» ordeni bilan mukofotlangan (2003).
As: Nafosat maktabi, T., 1995; Kompozitsiya asoslari, T., 2003; Rangtasvir (hamkorlikda), T., 2004; Kamoliddin Behzod va tamaddun, T., 2004.