QOʻSHILMASLIK HARAKATI

QOʻSHILMASLIK HARAKATI — harbiy-siyosiy bloklar va guruhlarda qatnashmaslikni oʻz tashqi siyosatining asosiy yoʻli deb eʼlon qilgan mamlakatlarni birlashtiruvchi hara-kat. 2-jahon urushidan keyin paydo boʻlgan va hozirda 100 dan ortiq davlatni birlashtiradi. Ushbu harakatda mustamlakachilik asoratidan ozod boʻlgan davlatlarning koʻpchiligi ishtirok etadi. Qoʻshilmaslik harakatida qatnashuvchi davlatlar 1961-y. da «Qoʻshilmaslikning besh tamoyili»ni eʼlon qilganlar. Ular quyidagilardan iborat; turli tuzumdagi davlatlar bilan tinch-totuv yashash, qoʻshilmaslik; xalklarning mustamlakachilarga qarshi qaratilgan milliy ozodlik harakatini qoʻllab-quvvatlash; buyuk davlatlar oʻrtasidagi nizolarga taalluqli harbiy it-tifoqlarda qatnashmaslik; harbiy kelishuvlarda qatnashmaslik; oʻz hududida xorijiy harbiy bazalarni joylashtirmaslik. 1990 – y. lar boshigacha qoʻshilmagan mamlakatlarning quyidagi konferensiyalari boʻlib oʻtgan: Belgrad (Yugoslaviya, 1961-y. sent. ; 25 davlat), Qohira (Misr, 1964-y. okt. ; 47 davlat), Lusaka (Zambiya, 1970-y. sent. ; 54 davlat), Jazoir (1973-y. sent. ; 76 davlat), Kolombo (Shri Lanka, 1976-y. avg. ; 86 davlat, shuningdek, 29 mamlakat, xalqaro tashkilot va milliy ozodlik hara-katlari vakillari kuzatuvchi va mehmonlar sifatida ishtirok etgan), Ga-vana (Kuba, 1979-y. sent. ; 95 davlat va milliy ozodlik harakatlari, shuningdek, 39 mamlakat, xalqaro tashkilotlar va milliy ozodlik hara-katlari vakillari kuzatuvchi va mehmonlar sifatida ishtirok etgan), Dehli (Hindiston, 1983-y. dek. ; 97 davlat va milliy ozodlik harakatlari, shuningdek, 41 mamlakat, xalqaro tashkilot va milliy ozodlik hara-katlari vakillari kuzatuvchi va mehmonlar sifatida ishtirok etgan), xarare (Zimbabve, 1986-y. avg.-sent. ; 100 davlat va milliy ozodlik hara-katlari), Belgrad (Yugoslaviya, 1989-y. sent. ; 102davlat), Jakarta (Indoneziya, 1992-y. sent. ; 108 davlat).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x