QOʻSHDARVOZA

QOʻSHDARVOZAXiva sh. dagi meʼ-moriy yodgorlik (20-a. boshlari); Di-shan qalʼaʼtt shim. darvozasi. Urganchga olib boradigan serqatnov yoʻlda joylashgan. Darvoza 2 (qoʻsh) ravoqqa oʻrnatilgan (nomi shundan). Qoʻshdarvozaning umumiy tarhi toʻrtburchak (25×17 m, bal. 9,45 m, yoʻlak ravogʻining kengligi 4,2 m), 4 ta gumbaz bilan yopilgan. Uning gʻarbiga bir uzun va sharqiga 2 yordamchi (qorovulxona, bojxona vazifalarini bajargan) xonalar (yassi tomli) tutashgan; ularga alohida eshik orqali kiriladi. Inshootning old (shim.) va orqa (jan.) tarafi bir xil meʼmoriy yechimga ega. Ravoqlar ora-ligʻi va chetlarida 3 ta minorasimon burjlar mavjud, ularga enli va in-gichka sirkori halqa-belbogʻlar ishlangan; burjlar oʻzaro kungurali ravoqlar qatori bilan bogʻlangan. Darvozaning eng yuqorisi burjlarning moviy gumbazchalari va ravoqlarning kunguralari bilan nihoyalangan. Darvo-za tarzlarining chetki qismlari sodda, ularda yassi ravoqlar va yordamchi xonalarning eshiklarigina mavjud.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x