QOʻSHCHI

QOʻSHCHI — qad. turkiy qabilalardan biri. 6—7-a. larda Turk xoqonligi tarkibida boʻlgan. Moʻgʻullar istilosip&ʼrida Dashti Qipchoqqa kelib joylashgan. 16-a. boshlarida Shayboniyxon qoʻshinlari tarkibida Movarounnahrga kelishgan. Ular Shayboniylar va Ashtarxoniylar davlatlarining boshqaruv tizimida faol ishtirok etganlar. buxoro amirligi davrida Qlarning vakillari taxtga chiqarish marosimida ishtirok etishgan. 19-a. oxiri 20-a. boshlarida Qoʻshchilar quyidagi urugʻlarga boʻlingan: qashgʻarlik, toʻqqiz-novcha, shix-sayod, moli. Ularning katta qismi Samarqand viloyatining Urgut, Jomboy tumanlari, shuningdek, Jizzax viloyatida ham yashagan. Qoʻshchilar, asosan, dehqonchilik va chorvachilik bilan shugʻullanib, 16—17-a. lar davomida oʻtroqlashib keyinchalik oʻzbek xalqi tarkibiga singib ketgan.

Qoʻshchi larning ayrim guruhlari turk-man, qirgʻiz, qozoq va boshqirdlar tarkibiga kirgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x