QOʻNGʻIROQGUL

QOʻNGʻIROQGULqoʻngʻiroqguldoshlar oilasiga mansub bir va koʻp yillik oʻtsimon oʻsimliklar turkumi. Shim. yarim sharning oʻrta kengliklarida, Yevropaning janubi va Old Osiyoda 300 ga yaqin turi tarqalgan. Baʼzi turlari manzarali. Uzbekistonda Qoʻngʻiroqgulning 6 turi uchraydi, shundan Fedchenko Q. i keng tarqalgan. Boʻyi 10—25 sm, koʻp poyali, barglari keng tuxumsimon, keng el-lipssimon yoki yumaloq. Gullari toʻgʻri, baʼzan biroz zigomorf, shakli qoʻngʻiroqsimon, koʻk, zangori, oq, baʼzan binafsha rang, alohida joylashgan. Roʻvak, shingil va b. toʻpgullar hosil qiladi. Iyun—iyul oylarida gullab urugʻlaydi. Mevasi koʻsakcha. Togʻlarda qoyalarning yoriqla ridaoʻsadi. Manzarali turi urugʻidan, ildiz bachkilaridan va tupini boʻlish orqali koʻpaytiriladi. Baland boʻyli Qoʻngʻiroqgul guldasta qilish uchun, past boʻylilari esa gulzor chetlarini bezash uchun ekiladi. Ayrim turlarining ildiz va barglari ovqatga ishlatiladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x