QOʻNGʻIR

QOʻNGʻIR — qoʻngʻirsimonlar oilasiga mansub qush. Sharqiy yarim sharda keng tarqalgan. Tropik hududlarda oʻtroq yashaydi. Yevropa va Osiyoning janubida qishlaydi. Tanasining uz. 60—65 sm, ogʻirligi 800—1000 g. Gavdasi duksimon, tumshugʻi toʻgʻri, oʻtkir. Oyoklari juda kalta. Urchish davrida narining bosh qismi chiroyli patlar bilan qoplanib, 2 ta kokil oʻsib chiqadi. Uyasini suv ustiga, qamishlarga ilashtirib yasaydi. 3—5 ta tuxum bosadi. Asosan, baliqlar, suvda va quruqlikda yashovchilar, hasharotlar, mollyuska va b. bilan oziqlanadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x